|

|

2026-уіӏ 25-Aprel, Shanba
spot_img

Gazlidagi chilangar ayol

Muhim xabarlar

Jahongir Fozilov
Jahongir Fozilov
“O‘zbekiston bunyodkori” gazetasining Jizzax viloyati muxbiri.

Gazli – Romitan tumani tarkibiga kiruvchi kichik shaharcha bo‘lib, viloyat markazidan salkam 106 kilometr uzoqlikda joylashgan. Bugun ushbu olis hududda 1 300 dan ortiq xonadonda 6 500 aholi istiqomat qilmoqda. Shaharcha ikkita – Baynalminal va Gazli mahallalaridan iborat. Bu yerdagi aholining tabiiy gazdan xavfsiz foydalanishi va qulay yashashini ta’minlashga chilangar Sanobar opa Nusratova o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Sanobar opa gaz ta’minotida 2015 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. So‘nggi uch yildan buyon esa chilangar vazifasida ishlab keladi.

– Yil davomida 1 300 dan ortiq xonadondagi gaz jihozlariga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatib kelishga harakat qilaman, – dedi suhbat davomida qahramonimiz. – Mashaqqatli, mas’uliyatli ish, ammo kimningdir xavfsizligini ta’minlash men uchun bu katta sharaf. Asli shofirkonlikman. Taqdir taqozosi bilan Gazliga kelib qolganmiz. To‘g‘ri, olis, cho‘l hududi. Ёзда жуда иссиқ, қишда эса совуқ об-ҳаво. Nolimayman, chunki ishimni yaxshi ko‘raman. Kasbini sevgan insonga hech qanday qiyinchilik qo‘rqinchli emas.

Darhaqiqat, bugun Sanobar Nusratova tomonidan olis hududlardagi iste’molchilarning gaz jihozlariga xizmat ko‘rsatilishi barobarida, yuzaga kelgan mavjud muammolar ham vaqtida bartaraf etilmoqda. Aholi esa bundan minnatdor.

– Sanobarxon hech qaysi erkakdan qolishmay mehnat qiladi, – dedi fuqaro Rajabboy Eshniyozov. – Shaharchamizda bittagina chilangar ayol. Har yili gaz jihozlarimizni ko‘rib, ta’mirlab, moylab ketadi. Juda samimiy, vaqtini hech birimizdan qizg‘anmaydi. Yana bir jihati, bugun ko‘p sohalar kabi gaz tizimida ko‘rsatilayotgan xizmatlar ham onlayn tizimida amalga oshirilib, to‘lovlar mobil ilovalar orqali bajarilmoqda. Bu ham yurtimizda aholining qulay sharoitda yashashini ta’minlashning bir ko‘rinishidir.

Bir so‘z bilan aytganda, “Mehnat insonni ulug‘laydi” degan naql bugun Sanobar opa timsolida o‘z tasdig‘ini topmoqda, desak yanglishmagan bo‘lamiz.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img