|

|

2026-уіӏ 15-May, Juma
spot_img

Qurilishda o‘zibo‘larchilik va noqonuniy ishlar ketmaydi

Muhim xabarlar

Abdusami Haqberdiyev
Abdusami Haqberdiyev
Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. 1984 yildan respublika miqyosidagi matbuot nashrlarida turli lavozimlarda ishlagan. “O‘zbekiston bunyodkori” gazetasida 2020 yilning sentabr oyidan e’tiboran bosh muharrir o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Keyingi paytda “Shaffof qurilish” tamoyili asosida shaharsozlik va qurilish sohasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Sohani yanada takomillashtirish, arxitektura hamda bunyodkorlikka mas’ul tashkilotlar faoliyatini yuksaltirish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish muhim masalaga aylandi.

Zero, ko‘p qavatli inshootlar qurish va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha ruxsat berish tartib-taomillarining mukammal emasligi va ishchi-xodimlarni qurilish-montaj ishlariga amaldagi qonunlarga zid ravishda jalb etilishi o‘zboshimchalik bilan qurilayotgan binolar sonining ortishiga olib kelayotir. Afsuski, ba’zi hollarda “Bu turar joylar har qanday tashqi kuch yoki zilzilalarga bardosh bera oladimi?” degan savol ana shunday tashkilotlardagilarni qiziqtirmayotgani achinarlidir.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun tashkil qilingan press-turda Toshkent shahrining bir qator tumanlarida qurilish me’yorlari va talablariga mos kelmaydigan yoki noqonuniy ravishda qurilish-montaj ishlarini olib borayotgan korxonalar faoliyati o‘rganildi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun tashkil qilingan press-turda Toshkent shahrining bir qator tumanlarida qurilish me’yorlari va talablariga mos kelmaydigan yoki noqonuniy ravishda qurilish-montaj ishlarini olib borayotgan korxonalar faoliyati o‘rganildi. Mazkur ob’ektda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 200-sonli qarori bilan belgilangan talablarga amal qilinmagan holda, ya’ni, hududiy nazorat inspeksiyasi ro‘yxatidan o‘tmay turib ish olib borilayotgani ma’lum bo‘ldi. Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislarining ta’kidlashicha, noqonuniy faoliyat uchun korxona rahbarlari bir necha bor ogohlantirilgan. Shunga qaramasdan, ayni paytda binoning 10 qavatigacha qurilish-montaj ishlari bajarilmoqda. Bu haqda tuman hokimi, sudi va prokuraturasiga ham xatlar kiritilib, oradan bir necha oy o‘tgan bo‘lsada, biroq ular hanuzgacha lom-mim, deyishmaganini qanday tushunish mumkin?

Navbatdagi o‘rganilgan ob’ekt – Yunusobod tumani 18-mavzeda, ayni paytda uy-joyga muhtoj fuqarolar kirib yashayotgan 54-ko‘p qavatli turar binosi bo‘ldi. Aytish joizki, 2019 yilda davlat komisssiyasi nazoratidan o‘tgandan so‘ng, bu yerda ham ba’zi noqonuniy qurilmalar amalga oshirilgan. Xalqimizda, “Mulk qadriga yetgan, mulkdor bo‘ladi”, – degan gap bekorga aytilmagan. Bugungi kunda fuqarolarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, hukumatimiz uy-joy qurilishiga katta e’tibor qaratyapti. Biroq o‘z uyi, vatan ichra vataniga ega bo‘lgan kishi uni asrab-avaylashi ham kerak emasmi?

Taassufki, mazkur uyda yashovchi fuqarolar yuqorida aytilgan fikrga zid ravishda bee’tibor bo‘layotgani tufayli uyning yerto‘la qismiga egalik qilgan tadbirkor qurilishga oid me’yoriy hujjatlarni buzib, unga turli o‘zgarishlar kiritgan. Bu esa binoning seysmik holatiga ta’sir qilmasligiga hech kim kafolot bermaydi. Bu kamlik qilganidek, birinchi yo‘lakning ikkinchi qavatida yashovchi fuqaro N. R. uy balkoniga salkam to‘rt metrlik maydon qo‘shib, o‘ziga ofis qilib olgan.

Bunyod etilayotgan ko‘p qavatli turar joylarda uchrayotgan noqonuniy qurilma yoki qurilishlar boshqa tumanlarda ham yo‘q emas. Bu kabi o‘zboshimchaliklarga barham berish uchun vazirlik hamda Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari hamkorligida ob’ektlarga chiqib, nazorat tahlillari o‘tkazilmoqda. Ularning sa’y-harakatlari bilan har qanday o‘zboshimchaliklarga barham berilyapti.

Masalan, ana shunday nazorat ishlari davomida Uchtepa tumanidagi “Yangiobod” MFY hududida buyurtmachi “New word star” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli turar joy binosining qurilish ishlari tahlil etildi. Uning loyiha hujjatlarida energiya samaradorligi va muqobil energiya texnologiyalari hamda energiya tejamkorlik chora-tadbirlari ko‘zda tutilmagan. Shuningdek, qurilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini buzgan holda ayrim ishchi-xizmatchilar maxsus kiyimlar to‘plamidan va himoya kaskalari hamda belbog‘laridan foydalanmagan. Binoning tasdiqlangan loyihasida ko‘rsatilgan gidroizolasiya ishlari loyihaga mos tarzda bajarilmagan. Ushbu qoidabuzarliklar yuzasidan qurilishga mas’ul bo‘lgan shaxslarga yozma ko‘rsatma berilib, aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilguncha qadar ob’ektda qurilish-montaj ishlari to‘xtatildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 16 fevralidagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–57-sonli qarori bo‘yicha Shayxontohur tumanidagi “Ko‘h Ota” MFY hududida “Bazis – T” buyurtmachiligida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli turar joy binosi ham o‘rganildi. Tahlillar natijasiga ko‘ra, energiya samaradorligini oshirish hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan tegishli o‘zgarishlar yuzasidan qurilishga mas’ul shaxslarga tushuntirish ishlari olib borildi.

Qurilishda sifat birlamchi masala. Shu bois, inson hayoti bilan bog‘liq bu masala mas’ullar tomonidan har doim va har yerda e’tiborga olinishi lozim. Ana shundagina yurtimizda qad rostlayotgan muhtasham va salobatli binolar xalqimizga ko‘p yillar betalafot xizmat qiladi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img