Ta’lim sifatini yaxshilash faqatgina darsliklarni tartibga keltirish va
zamonaviy o‘quv dasturlarini joriy etish emas, balki o‘quvchi va tarbiyalanuvchilar
uchun qulay va xavfsiz joy, zamonaviy va fusunkor muhitni yaratishni ham talab
qiladi. Mamlakatimizda bu borada keyingi yillarda samarali o‘qitish maqsadiga
xizmat qiluvchi qurilish va ta’mirlash ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda.
Ayni kunlarda 2025-2026 o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida Buxoro viloyati bo‘ylab 271 ta ta’lim muassasasida rekonstruksiya va jihozlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

