|

|

2026-уіӏ 11-May, Dushanba
spot_img

KORRUPSIYaGA QARShI KURAShISh – barchamizning insoniy burchimizdir!

Muhim xabarlar

“Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir”. Ta’kidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imiji va investisiyaviy jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xalq tilida soddagina qilib, poraxo‘rlik, keng ma’noda korrupsiya, deb ataluvchi hodisa barcha islohotlar ildiziga bolta urarkan, uni keltirib chiqaruvchi sabab va qarshi kurash choralarini bilishimiz lozim.

Korrupsiyaning to‘rtta asosiy kelib chiqish sabablari mavjud. Birinchisi – iqtisodiy sabablar. Bu haqda Prezidentimiz o‘zining chiqishla­ rida ko‘p marotaba so‘z yuritib keladi. Korrupsiyaning bu ko‘rinishi ijtimoiy va iqtisodiy hayotni bevosita ma’muriy yo‘l bilan boshqarishga intilgan hoki­ miyat va byurokratiyaning mavqei baland bo‘lgan davlat sharoitida rivoj topadi. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan o‘rnatil­ gan turli xildagi cheklashlar, amaldor­ larning keng, nazoratdan holi, cheklanma­ gan yo ruxsat berish, yo taqiqlash vakolati poraxo‘rlikka zamin yaratadi. Ikkinchisi – huquqiy sabablar. Korrupsiyaning ri­ voji qonunlarning sifatiga bog‘liqdir. Mukammal bo‘lmagan qonunlar ishlamaydi va poraxo‘rlar bundan ustalik bilan foy­ dalanadilar. Uchinchisi – institusional sabablar bo‘lib, ularga avvalo, davlat boshqaruvi tizimidagi nuqsonlar, demo­ kratik institutlarning kuchsizligi, bu­ ning natijasida, hukumat faoliyatining yopiqligi yoki fuqarolik nazoratidan holiligi kiradi. To‘rtinchisi – ijtimoiy sabablar yoki jamiyatdagi muhit, aholi­ ning huquqiy bilimi, madaniyat darajasi, ma’naviyati, uyushqoqligi va jamoat faol­ ligi pastligi kabi omillardir.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img