Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Davronjon Adilov Yaponiyaning Xorijlik iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash tashkiloti (SOAF) rahbari Junichi Nakamura bilan uchrashdi.
Mazkur tashkilot qurilish-arxitektura, gumanitar yo‘nalishlarda mamlakatimizda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va ishga joylashtirishga ko‘maklashadi. Shuningdek, Yaponiyada ularning malakasini oshirish, qurilish sohasida seysmik xavfsizlik va zamonaviy tex nologiyalarni qo‘llash tajribasini o‘zlashtirishlari uchun sharoit yaratish faoliyati bilan shug‘ullanadi. Junichi Nakamura o‘zi rahbarlik qilayotgan tashkilot SOAF va Toshkent davlat texnika universiteti hamkorligida qurilish sohasi mutaxassislarining. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Davronjon Adilov Yaponiyaning Xorijlik iqtidorli talabalarni qo‘llab quvvatlash tashkiloti (SOAF) rahbari Junichi Nakamura bilan uchrashdi.
Yaponiya qurilish tashkilotlarida tajriba o‘tash orqali malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani va bugungi kunda 40 nafar talabaga yapon tilini o‘rgatish ishlari boshlab yuborilganini bildirdi. Yaponiyaning qurilish va qurilishda seysmik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha katta tajribaga ega “Daito Trust Construction” kompaniyasi o‘zbekistonlik talabalarning qurilish loyihalarida ishtirok etishlari, bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari uchun barcha xarajatlarni qoplashi rejalashtirilmoqda.


