|

|

2026-уіӏ 22-May, Juma
spot_img

Ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi boshlandi

Muhim xabarlar

So‘nggi yillarda yurtimizda aholini sifatli uy-joylar bilan ta’minlash, ular uchun zamonaviy, barcha qulayliklarga ega uylarni qurish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda

Shunday ishlarning davomi sifatida Nukus shahri Shimbay gүzari mahallasi hududidan ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan edi. Bugungi kunda ana shu yangi ko‘p qavatli uylarning qurilishi boshlandi. Qurilish ishlarining boshlanish marosimida ko‘plab mutasaddi tashkilotlar xizmat qiladi
Iqtisodiy taraqqiyotga erishishda xorijiy investisiyalarni jalb etishning ahamiyati katta. Shu boisdan mamlakatimizda mazkur masalaga katta e’tibor qaratilgan holda, eksport imkoniyatlarini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi maqsadlar sari dadil harakatlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Toshkent viloyatida xorijiy investisiyalar hisobiga yo‘lga qo‘yilgan loyihalar bu boradagi sa’yharakatlar samarasini aniq namoyon etmoqda.
Viloyatda joriy yilning dastlabki choragida olib borilgan tadbirlar natijasida 307,7 million AQSh dollarilik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya hamda kreditlar o‘zlashtirilgani tufayli iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va aholi turar joylarini rivojlantirish yuzasidan zamonaviy loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Jarayonda asosiy e’tibor fuqarolarning elektr energiyasi, ichimlik va oqova suvga bo‘lgan talablarini qondirish- ga qaratilyapti.
Tuman va shaharlar kesimida olib kirilayotgan xorij sarmoyalari iqtisodiyot tarmoqlari, shuningdek, ularga turdosh sohalarni harakatga keltirish qatorida aholi, ayniqsa, vaqtinchalik ishsiz maqomini olgan xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash hamda daromad manbaini oshirishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, bugungi kunda qurilish materiallari ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga import hajmini qisqartirishga alohida e’tibor beril- gani tufayli yilning o‘tgan uch oyida Ohangaron, Olmaliq shaharlari, Quyi Chirchiq, Bekobod, Yangiyo‘l tumanlarida gulqog‘oz, shlakoblok, armatura singari o‘ndan ortiq turdagi import o‘rnini bosuvchi materiallar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Bu harakatlar 450 nafar kishining doimiy bandligini ta’minlashga imkon berdi.
Bundan tashqari, viloyat aholisi to‘qimachilik, oziq-ovqat, elektrotexnika hamda farmasevtika sanoatini yuksaltirish bo‘yicha ham katta tajriba to‘plagan. Buning samarasini yangi korxonalar qurilgani hisobiga ishlab chiqarish tarmoqlari yil sayin kengaygani misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Jumladan, Chirchiq, Bekobod, Angren shaharlarida elektrotexnika va to‘qimachilik, Oqqo‘rg‘on, Yuqori Chirchiq, Toshkent, Chinoz tumanlarida oziq-ovqat,
to‘qimachilik yo‘lga qo‘yilib, ichki bozorni zarur mahsulotlar bilan to‘ldirish barobarida Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Afg‘oniston, Turkmaniston, Moldova singari o‘ndan ortiq davlatlar bozorlaridan mustahkam o‘rin egalladi.
Ayni paytda bu korxonalarda tayyor- lanayotgan mahsulotlarga boshqa davlatlarda ham talab ortmoqda. Shu sababli, sanoat tarmoqlarini yanada ko‘paytirish yuzasidan 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan umumiy qiymati 12,2 milliard AQSh dollarilik loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Natijada qo‘shimcha yana 26 ta megaloyiha ishga tushsa, ishlab chiqarish 269 million dollarga, eksport hajmi esa 762 million dollarga ortadi. Shu maqsadda sanoatga innovasion g‘oyalarni jalb etish, mahsulotlar sifatini yanada yaxshilash uchun harakatlar boshlan- di. Shuningdek, yangi korxonalar ishga tushirilgach, eng avvalo, viloyatning turli hududlaridagi daftarlarda ro‘yxatda turgan fuqarolar bandligini ta’minlash nazarda tutilgan.
Istiqbolli loyihalardan dastlabkisi qayta tiklanuvchi energiya uskunalarini ishlab chiqarishga qaratildi. Buning uchun Yangiyo‘l tumanida umumiy qiymati 20 million AQSh dollarilik Xitoy Xalq Respublikasi korxonasi bilan hamkorlikda zamonaviy quyosh panellari ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha Italiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Муҳими, корхона жорий йил охиригача ишга туширилиши режалаштирилган. Zavod yiligi 367 ming 540 dona quyosh paneli ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, 100 nafar kishining bandligini ta’minlaydi. Hozirda tuman hokimligining zaxirada turgan bo‘sh maydonidan yer ajratilib, qurilish va bunyodkorlik ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
rahbarlari va turkiyalik investorlar ishtirok etishdi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img