|

|

2026-уіӏ 26-Aprel, Yakshanba
spot_img

Ko‘p qavatli uylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik qay darajada?

Muhim xabarlar

Hozirgi kunda barcha sohada bo‘lgani kabi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida ham salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Yildan yilga mavjud muammolarga yechim berilib, oldinda turgan vazifalar tizimli hal etilmoqda. Sohadagi so‘nggi o‘zgarishlar va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan O‘zbekiston axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari va jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘raeva ishtirok etib, ko‘p qavatli uy-joylarni saqlash borasida amalga oshirilgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Tadbir davomida jurnalistlar ham o‘zini qiziqtirgan bir qancha savollarga javob olishdi. Jumladan, vazirlik tomonidan minimal tariflar belgilanishi, kommunal to‘lovlar oshirilishi mulkdorlar uchun qanday manfaat berishi, qanday afzalliklar taqdim qilishi haqidagi savolga Ozoda Jo‘raeva shunday javob berdi: – Vazirlik tomonidan minimal tariflar belgilandi. Har bir ko‘p qavatli uyni ma’lum standartlar asosida saqlash, boshqarish talab etiladi. Bu esa yaxshigina iqtisodiy xarajatlar degani. Barcha holatlarni tahlil qilgan holda minimal tariflar belgilandi. Bu esa o‘z navbatida ko‘p qavatli uylardagi joriy ta’mirlash, xizmatlardagi qulayliklar ko‘rinishida mulkdorlar hayotida aks eta boshlaydi. Shu sababli, aholiga tushuntirish, targ‘ibot ishlari to‘g‘ri olib borilishi muhim. Jurnalistlar yangi ko‘p qavatli uylarda quvur yorilishi, suv toshishi, tarmoqdagi uzilishlar kuzatilayotgani aholida norozilik keltirib chiqarayotganiga ham diqqat qaratishdi. Vazir o‘rinbosari bu savolga javoban, aholida iste’mol madaniyati yetishmayotgani, ko‘p qavatli uy-joylar ham xususiy mulk ekanini, aholidan ijtimoiy hurmat asosida yashash talab etilishini ta’kidladi. Bundan tashqari, matbuot anjumanida bugungi kunda liftlardan foydalanish, ularni ishlab chiqarish, xavfsizlik masalalari ham jiddiy muhokama etildi. Shu bilan birga, snosga tushgan uylarga kompensasiya to‘lanishi, aholini ko‘chirish jarayonidagi noqulay holatlar ham sanab o‘tildi. Bu haqda vazirlik boshqarma boshlig‘i Obidjon Mo‘minov o‘z fikrlari bilan shunday o‘rtoqlashdi: – Bugungi kunda liftlarning narxi o‘rtacha 300 milliondan 500 milliongacha. Zamonaviy liftlarda ADR tizimi mavjud bo‘lib, chiroq o‘chganda zaxira quvvati bilan ishlay oladi. Endilikda liftlar dispetcherlik tizimiga ega bo‘lsagina ekspluatasiyaga ruxsat etiladigan bo‘ldi. Oldin bunday talab mavjud bo‘lmagan. Bu esa xavfsizlik darajasi oshishiga xizmat qiladi. Bugungi kunda liftlarni yangilash uchun davlat byudjetidan 187 mlrd ajratilgan bo‘lib, 528 ta liftni qayta o‘rnatish va yangilash ko‘zda tutilgan. Respublikada 1,4 mlndan ortiq xonadondan iborat 42 072 ta ko‘p kvartirali uy mavjud. Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, joriy yilda 5 409 ta ko‘p kvartirali uyni kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida ta’mirlash rejalashtirilgan

 

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img