|

|

2026-уіӏ 26-Aprel, Yakshanba
spot_img

Qashqadaryolik tadbirkorlar bilan uchrashuv

Muhim xabarlar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mas’ullari Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, qurilish va kommunal sohada tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan uchrashuv tashkil etdilar. Unda viloyatda faoliyat yurituvchi 20 nafarga yaqin tadbirkor qatnashdi. Uchrashuvda tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, davlat tashkilotlari tadbirkorlarga to‘siq emas, aksincha, ko‘maklashishi lozimligi aytib o‘tildi. Shuningdek, tadbirda tadbirkorlik sub’ektlarining bir qator muammo va takliflari qabul qilindi. Xususan, “New cho‘lquvar” BSK rahbari G‘. Xo‘jaev mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan ko‘p qavatli uylarni ta’mirlashga ajratiladigan mablag‘larni to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruv servis kompaniyalariga ajratish lozimligi va bu orqali boshqaruv servis kompaniyalarining moliyaviy ahvoli yaxshilanishini, xususan, hududda sinov tariqasida aqlli uy platformasini ishlab chiqish kerakligi to‘g‘risida o‘z takliflarini bildirdi. Tadbirkor Chiroqchi tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan savdo do‘koni va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini kuz-qish mavsumi kelganligi sababli ertaroq boshlashi kerakligi, buning uchun shaharsozlik hujjatlarini belgilangan muddatidan oldin kelishib berishni so‘radi. Ushbu murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddi rahbarlarga ko‘rsatmalar berildi. Mazkur jarayon vazirlik mas’ullari nazoratida bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img