O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Turkiya Prezidenti huzuridagi Inson resurslari ofisi hamkorligida tegishli vazirlik hamda idoralarning mutaxassislari uchun stajirovka Dasturi bo‘lib o‘tmoqda
Agentlik, Vazirlar Mahkamasi va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etayotgan ushbu tadbir Turkiyaning inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishda joriy qilingan raqamli dasturlari hamda innovasion yechimlari bilan tanishish, sohada o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil etilgan. Ishtirokchilar orasida Qurilish va uyjoy kommunal xo‘jaligi vazirligi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Kamoliddin Xolmatov va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Gulbahor Mirzaeva ham bor. Seminar davomida inson resurslarini boshqarishning zamonaviy usullari va raqamli yechimlar bo‘yicha tajriba almashish, ishga kirgan yangi xodimlarni davlat xizmatiga moslashtirish usullari, Turkiyadagi vazirlik va idoralar Inson resurslarini boshqarish departamentlari faoliyati bilan yaqindan tanishish ko‘zda tutilgan.


