|

|

2026-уіӏ 26-Aprel, Yakshanba
spot_img

Ichimlik suvi qamrovi kengaymoqda.

Muhim xabarlar

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bugungi kunning eng asosiy masalalaridan biridir. Ayniqsa ekologiyasi og‘ir, suvi sho‘r bo‘lgan Xorazm viloyatida bu masala yanada dolzarblik kasb etadi. Birgina o‘tgan yilning o‘zida viloyatda barcha dasturlar doirasida davlat byudjetidan 258 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Buning hisobiga 524,3 kilometr tarmoq va 7 ta ichimlik suvi inshootlari qurildi. Natijada voha aholisining 90,4 foizini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlashga erishildi. Bu ko‘rsatkich 2020 yilda 75,9 foizni tashkil etar edi. Yaqinda Bog‘ot tumanidagi Mehnat guli va Oq oltin mahallalarida yashovchi aholi ham toza ichimlik suvidan bahramand bo‘ldilar. Bu hududga 35,6 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortildi va mavjud suv taqsimlash inshootiga 3 ta nasos agregat yangitdan o‘rnatildi. – Bog‘ot tumanida jami 43 ta mahalla mavjud bo‘lib, shularning 41 tasiga toza ichimlik suvi yetib borgan edi, – dedi “Xorazm suv ta’minot” AJ Bog‘ot tumani filiali rahbari Anvar Murodov. – Mehnat guli va Oq oltin mahallalari aholisi ham endilikda bu qulaylikdan bahramand bo‘lishmoqda. Mahalla faollari va mutasaddilar aholi xonadonlarida bo‘lib, madaniyatli iste’molchi bo‘lish, suvdan oqilona foydalanish va uni isrof qilmaslik, to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish kabi targ‘ibot ishlarini olib borishmoqda. Bu kabi ishlar viloyatning boshqa tumanlarida ham davom etmoqda.

 

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img