|

|

2026-уіӏ 23-May, Shanba
spot_img

Koʼzi ojizlar uchu “АQLLI HАSSА”

Muhim xabarlar

Surxondaryolik aka-uka Mashhurbek va Аbdumalik Qarshievlar hamda ularning singlisi Muharram oddiy hassani innovatsion “aqlli hassa”ga aylantiradigan noyob qurilma yaratdilar. Bu koʼrish qobiliyati boʼyicha nogironligi boʼlgan insonlarga koʼproq mustaqil harakatlanish va jamiyat hayotida ijtimoiy faol bo’lishga yordam beradi. Innovatsion qurilmani yaratish g’oyasi Qarshievlarda oʼz hududlarida koʼrishda nogironligi boʼlgan
odamlarga yordam berish istagidan paydo boʼldi.

Termizlik iqtidorli yoshlar UNICEF amalga oshirayotgan UPSHIFT dasturi doirasida oʼz jamoasini tuzdilar. Dastur Oʼzbekiston yoshlari uchun tadbirkorlikda yangi yechimlarini taklif qilish orqali oʼz jamiyatlaridagi muammolarni aniqlab, ularning yechimini topish uchun ajoyib imkoniyatdir. Mazkur dastur aholining zaif qatlamlari yashaydigan hududlarda juda muhimdir. Surxondaryo viloyati hokimligi, Yevropa Ittifoqi va “Istiqbolli avlod” Respublika ijtimoiy-axborot markazi tomonidan qoʼllab-quvvatlanadigan dastur yoshlarga oʼz jamiyatidagi muammolarni aniqlash va ular uchun yechimlarni ishlab chiqish uchun zarur boʼlgan koʼnikma hamda resurslarni taqdim etadi. Termiz shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi boshligʼi Muhiddin Togʼaev
loyiha bilan yaqindan tanishdi. Koʼzi ojizlar uchun “aqlli hassa” yaratgan yosh innovatorlarni IHMА Surxondaryo viloyat boshqarmasi qoʼllab-quvvatlashini bildirib, kelgusida hamkorlikda ishlashlarini taʼkidladi.

Mashhurbek doimo yangiliklar, tadqiqotlar qilishga qiziqqan. “Аqlli hassa” gʼoyasi esa boshqalarga yordam berishda unga oʼz mahoratini qoʼllash imkoniyatini berdi. “Аqlli hassa” texnologiyasi koʼrish boʼyicha nogironligi boʼlgan odamlarning mustaqil harakat qilish imkoniyatini oshirishga, ularning jamiyatda faol boʼlishlariga qaratilgan. U ovozli yordamchi, akselerometr va kompas hamda doimiy yangilanib turadigan funktsiyalarni oʼz ichiga oladi.

– Elektron hassa uchun turli sensorlar, xususan, toʼsiqlarni aniqlash uchun ultratovushli sensorlardan foydalandik, – dedi Аbdumalik.

– Shuningdek, bu qurilma qorongʼuda oʼz yorugʼligi orqali boshqalarga foydalanuvchini koʼrishga yordam beradi. Oʼziga xos mazkur innovatsion hassa 1-2 metr masofadagi toʼsiqlarni bilish uchun ultratovushli masofani aniqlash texnologiyasidan foydalanadi. Bu esa foydalanuvchini tebranish va tovush orqali ogohlantiradi. JPS funksiyasi foydalanuvchining qaerda ekanligini aniqlaydi va u yoʼqolib qolgan taqdirda aqlli hassani kuzatish imkonini beradi. Hassa ustidagi reflektorlar yordam kerakligi haqida yoʼl harakatining boshqa ishtirokchilarini ogohlantiradi.

– Har bir inson boshqalar bilan teng munosabatga loyiqdir, – dedi Muharram.

– Diskriminatsiyani odamlar oʼzlari yuzaga keltiradilar. Keling, jamiyatimizda hammaga nisbatan adolatli munosabatda boʼlish uchun birgalikda harakat qilaylik.

Аbdumalik oʼz rejalari bilan oʼrtoqlashar ekan, shunday dedi: – Oʼzbekistonda yoshlarga ishonch bildirilib, imkoniyatlar yaratilsa, ularning salohiyati chegara bilmaydi. Biz boshqalarni ilhomlantirish hamda barcha uchun yaxshi kelajak yoʼlida oʼzgarishlar tashabbuskori boʼlishga harakat qildik. Аqlli hassa koʼrish qobiliyatida muammosi boʼlgan odamlar hayotida haqiqiy oʼzgarish yaratib, ularda harakatchanlik, mustaqillik, ishonch va qadr-qimmat tuygʼusini oshirishga yordam beradi.

 

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img