|

|

2026-уіӏ 5-Aprel, Yakshanba
spot_img

MANFAATIMIZ QONUN HUJJATLARIDAN USTUNMI? yoxud islohga muhtoj chiqindi muammosi

Muhim xabarlar

Bu yil mustaqillikka erishganimizning 33-yili ham boshlandi. Shu yillar mobaynida o‘z yo‘limizni, taraqqiyot yo‘nalishlarimizni bir qadar belgilab oldik. Dunyoda bir mamlakatning ma’nan borligini isbotlash uchun yetarli muddat. Shunday emasmi? Ammo ba’zi muammolar, kamchiliklar borki, ongimizda asrlardan buyon ilakishib yuradi. Bilasiz, so‘nggi vaqtda Toshkent ekologik muammolar qurshovida qoldi. Kimdir soni ortgan mashinalarni, kimdir keskin o‘sib borgan qurilishlarni, kimdir ishlab chiqarish jarayonidagi kamchiliklarni tanqid qilmoqda. Quyida to‘xtaladigan mavzumiz ham bu jarayonning bir bo‘lagi, desak adashmagan bo‘lamiz.

Xullas, gap chiqindilar haqida.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 15 avgustdagi PQ-278-sonli “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida bu yo‘nalishda bir qator muammolarga yechim berilgan edi.

Avvalo, qarorda ko‘zda tutilgan yechim nuqtalarini havola qilamiz. 2024 yil 1 yanvardan boshlab:

– ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlariga agrotexnik ishlov berishdan hosil bo‘ladigan chiqindilarni (daraxt va buta shox-shabbalari, barglari) va ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarni tozalashdan hosil bo‘lgan maishiy chiqindilarni to‘plash punktlarida yoki chiqindilarni olib chiqib ketish operatorlari bilan kelishilgan maxsus joylarda yig‘ishga ruxsat etiladi. Bunda:

– mazkur chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lov qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun belgilangan majburiy to‘lovlarga qo‘shilgan holda yagona to‘lov sifatida undiriladi;

– agrotexnik ishlov berishdan hosil bo‘ladigan chiqindilarni (daraxt va buta shox-shabbalari, barglari) va ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarni tozalashdan hosil bo‘lgan chiqindilarni yig‘ish va maishiy chiqindilarni to‘plash punktlariga yoki kelishilgan maxsus joylarga yetkazish to‘liq ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi;

– maishiy chiqindilarni to‘plash punktlarida yoki kelishilgan maxsus joylarda to‘plangan agrotexnik ishlov berishdan hosil bo‘ladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, barglari) va ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarni tozalashdan hosil bo‘lgan chiqindilarni olib chiqib ketish operatorlar tomonidan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari bilan kelishilgan holda reja-grafik asosida amalga oshiriladi.

Mazkur qarorning e’tiborli jihati shundaki, endilikda ko‘p kvartirali uylar atrofida yig‘ilib qolgan shox-shabbalar, xazonlar va boshqa maishiy chiqindilar yangi oshirilgan tarifdagi 7 500 so‘mlik to‘lov ichida bo‘ladi. Biz jarayon haqida to‘liqroq ma’lumot olish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining Ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish va ekspluatasiya tizimini muvofiqashtirish boshqarmasi boshlig‘i Obidjon Mo‘minov bilan bog‘langanimizda shunday javob berdi:

– Aytish kerakki, ko‘p qavatli uylar atrofidagi xazonlar va maishiy chiqindilar masalasi ancha yillardan beri jiddiy muammo edi. BSKlar tashuv operatori bilan shartnoma qilishi, qilganda ham uning necha kunlab kechikish masalasi hamma uchun muammoligicha qolayotgandi. Vazirlik holatni chuqur o‘rganib, o‘z taklif va tashabbuslarini tayyorladi hamda ushbu qaror qabul qilinishiga munosib hissasini qo‘sha oldi. Buni Prezidentimizning sohaga bo‘lgan jiddiy e’tibori, deb bilaman. Endilikdagi masala qonunlarga rioya etilishini ta’minlashdan iborat. Bugungi kunda ishni tizimli tashkil etishga bor e’tiborimizni qaratyapmiz.

Qaror kuchga kirganidan kelib chiqib, real vaziyatni o‘rganishga harakat qildik. Bu haqda Yunusobod tumanidagi “Feniks ART Servis” boshqaruv servis kompaniyasi rahbari Artyom Sekinaev shunday dedi:

– Avval ko‘p qavatli uylar atrofidagi xazonlar, chiqindilar uchun “Maxsustrans” DUK bilan shartnoma qilishga to‘g‘ri kelardi. Aynan shu tashuvlar uchun oyiga 10 mln so‘mdan ko‘proq to‘lovlarni amalga oshirardik. Ammo shundayam bu chiqindilar vaqtida olib ketilmas, ahvol iltimosdan yalinishgacha, tortishuvlargacha borib yetardi. Aslida, bu xarajatlar yuki ham yana aholining zimmasiga tushardi. Endilikda avvalgidek chiqindilarni yig‘ib beramiz. “Maxsustrans” vakillari esa maishiy chiqindilarning yangi tarifi ichida bu ishni bepul bajarishi kerak. Ammo bu ishni hali amalga oshirmadi. “Mashinamiz yetmaydi”, “Imkonimiz yo‘q”, kabi vajlar keltirishyapti. Vaziyat izga tushishini kutyapmiz.

Yunusobod tumanidagi o‘rganishlarimiz fonida qaror hamon amalda ta’sirga ega bo‘lmaganini kuzatdik. Buni bir qancha boshqaruv servis kompaniyasi rahbarlari ham tasdiqladi. Jumladan, “Ustazoda qurilish” boshqaruv servis kompaniyasi rahbari Begimqul Berdiev ham vaziyat haqida o‘z mulohazasini bildirdi:

– Prezidentimiz biz uchun ko‘p yengilliklar beryapti. Ayniqsa, 278-sonli qarordan juda ham xursand bo‘lgandik. Ammo bu qaror 1 yanvardan boshlab kuchga kirgan bo‘lsa-da, hali amalda hech narsa o‘zgarmadi. “Maxsustrans” vakillari “Biz faqat maishiy chiqindilarni tashiymiz, shox-shabbalarni olib ketish majburiyatimizga kirmaydi, bunday buyruq berilmagan”, deb ko‘p qavatli uylar atrofidagi chiqindilarni olib ketishmayapti.

Bu holat bo‘yicha “Mumtoz servis”, “Kafolat ta’mir” kabi yana bir qator boshqaruv servis kompaniyalari vakillari bilan ham gaplashdik. Ularning ham xafsalasi pir bo‘lgan. Qarorlar ijrosiga rioya qilinmayotganidan ranjishmoqda. Shox-shabbalarni olib ketish qarorda ko‘rsatilgan. Ammo “Maxsustrans” vakillari nima uchun “Shox-shabbalarni olib ketish vazifamiz emas, bizga buyruq bo‘lmadi”, degan gapni qaysi mantiqqa ko‘ra ilgari surishmoqda, hayronmiz?! Biz bejizga Yunusobod tumanini o‘rganish ob’ekti sifatida tanlamadik. Chunki ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari aynan shu hududda sinov tariqasida joriy qilingan.

Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida “Maxsustrans” DUK korxonasi Matbuot kotibi Kozimjon Haydarov bilan suhbatlashdik:

– Tarif oshirilishiga ko‘pchilik norozi bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ammo masalaning boshqa tomoni ham bor. Avvalgi 4 500 so‘mlik tarif 2017 yilda begilangan. U paytda 1 litr dizel’ yoqilg‘isi narxi 5 200 so‘m edi. Hozir esa 11 000 so‘m. Oxirgi 3 yil ichida katta iqtisodiy yuk bilan ishladik. Agar narxni bu yil ko‘tarmaganimizda faoliyatimiz ham so‘roq ostida qolardi. Siz aytayotgan aholi bilan ziddiyatli holatlar ko‘pincha mahallalarda sodir bo‘ladi. .Siz aytayotgan aholi bilan ziddiyatli holatlar ko‘pincha mahallalarda sodir bo‘ladi. Shu sabab kimdir qolib ketishi yoki mashina buzilishi oqibatida belgilangan vaqtga nisbatan uzilish bo‘ladi. Bu muammolar ko‘proq Sag‘bon ko‘chasi va Qo‘shtut mahallasi ko‘chalarida tez-tez sodir bo‘ladi. Chunki eski uylar bo‘lgani uchun ko‘chalar juda tor. Ammo navbatchi mashinalar qo‘yib, buni tez orada hal qilishga harakat qilamiz. Shuni ham aytish kerakki, odamlar ko‘chalarga chiqindilarni olib chiqib tashlaydi. Bu mumkin emas. Ekologiya va sanitariyaga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, Nurafshon ko‘chasida bu vaziyat yomon ahvolda. Hamma ko‘chaga chiqindi yig‘ib tashlayveradi. Biz esa ayrim holatlarda bir kunda 7 martagacha ko‘chani tozalab chiqishga majbur bo‘lamiz. Bu mashinalarni ortiqcha band qilib qo‘yadi. Hozirda shahar bo‘ylab “Maxsustrans”ning 439 ta avtomashinalari harakat qiladi. Yana yangi mashinalar xarid qilish rejamizda bor. Xudo xohlasa, aprel’ oyida Ohangaronda chiqindini qayta ishlash poligoni ishga tushadi. Bu bilan ham chiqindilar ta’siridagi ekologik holat anchayin yaxshilanadi, ham iqtisodiy tomondan foydali. Yana shuni aytishim mumkinki, ko‘p qavatli uylar atrofidagi chiqindilarni tarif ichida tashishni hali o‘z zimmamizga olmadik. Bu borada Oliy Majlisga taklif kiritilgan. Natijasini kutyapmiz. Yaqin vaqt ichida barcha kamchiliklarimizni bartaraf etamiz.

Biz masalaga bir yo‘la umumiy va xolis baho berish uchun mahallalardagi holatni ham o‘rgandik. Xususan, Yunusobod tumanining Otchopar mahallasi Obid Zokirov ko‘chasidagi holat bo‘yicha o‘rganish olib borganimizda, bu yerda ham uzilishlar va noroziliklar borligi ma’lum bo‘ldi. Jumladan, mahalla faollaridan biri Shuhratillo Islomov quyidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi:

– Men chiqindilar bo‘yicha bir yillik to‘lovni oldindan qilib qo‘yaman. Yaqinda “Maxsustrans”dagilar chiqindilarni keyingi safar olib ketishini aytishdi. Vaholanki, men chiqindilarni maxsus baklarda saqlayman. Lekin nima uchun ham pul to‘lab, ham uyimda haftalab chiqindi saqlashim kerak? O‘zi qoida bo‘yicha haftasiga ikki marta kelishi kerak. Ammo ba’zan haftasiga bir marta ham kelmaydigan holatlar uchrab turadi. Ba’zi kunlari signal ham chalishmaydi, kelganini bilmay qolamiz.

Shuhratillo akaning gaplariga mahalla nuroniysi Mirhosil Sobirov ham qo‘shimcha qildi:

– Bolam, haftasiga bir marta muntazam kelib tursa ham rozimiz. Ammo shu ham ba’zan yo‘q. Falon soatda kelamiz, deb ketadi, ammo o‘sha vaqtda o‘zlari yo‘q, men shu yoshimda ko‘chada ularni poylab o‘tirishim kerakmi? Chidolmaganimdan ba’zi paytlari bolalarning mashinasiga chiqindilarni solib yuboraman. Boshqa ilojim yo‘q…

Yuqorida Qo‘shtut mahallasida muammoli vaziyatlar bo‘lib turilishi aytildi. Shu bois, bu mahallaga ham o‘rganish uchun bordik. Darhaqiqat, ko‘chalar ancha tor, ammo kirib chiqish imkoniyati mavjud. Mahallada yashovchi Ergash Ahmadbekov yana bir muammoga diqqat qaratishimizni so‘radi:

– Ko‘pchilik uyda o‘tiradi. Vaqtida kelishsa, muammo yo‘q. Narxlar yana oshibdi, lekin o‘zgarishni ko‘rmayapman. Qizig‘i, endi chiqindilar bo‘yicha to‘lov hisobi elektron tarzda hisoblanadi, deyilgandi. O‘tgan yili Sergelida yashaydigan o‘g‘limning oilasi meni hisobimga turib qolgan. Shu xato sabab o‘g‘lim ham, men ham to‘lov qilishimizga to‘g‘ri keldi. Bir necha bor bordim, ammo foydasi bo‘lmadi. Bu yil ham Bektemirda yashaydigan o‘g‘limning oilasini menga yuklab qo‘yishibdi. Mayli, nima ham qila olardik. Pulini olishadi, talab qilishadi, narxlarni ko‘tarishadi. Roziman. Faqat shunga yarasha sifatli va to‘g‘ri ishlashsa bo‘ldi.

 

TAKLIF VA MULOHAZALAR

 

Ҳар икки томоннинг фикр-мулоҳазаларидан келиб чиқиб, масалага таҳлилий-танқидий ёндашиб кўрамиз.

Birinchidan, “Maxsustrans” DUK vakillari Prezident qarorida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarmasdan, uni o‘zidan soqit qilishga urinishi, 1 yanvardan kuchga kirgan qarorni shuncha vaqtdan beri turli bahonalar bilan bajarmay kelishi qonun va qarorlarga hurmatsizlik emasmi?

Ikkinchidan, bu qaror faqatgina tariflarni ko‘tarib berishga xizmat qiladimi, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga taalluqli emasmi? Vaziyatga bir taraflama, har kim o‘z prizmasida qarayversa, mamlakatdagi umumiy manfaatlarga putur yetmaydimi?

Uchinchidan, Toshkent shahridagi barcha mahallalarda 2 kunlik qat’iy rejimga qachondan boshlab o‘tiladi? Aslida rasman o‘tilgan bo‘lsa-da, amalda qachon o‘z ifodasini topadi?

To‘rtinchidan, endilikda chiqindi va boshqa kommunal to‘lovlar integratsiya qilinishi ko‘zda tutilgan. Chiqindiga pul to‘lamasa, chirog‘i ham yonmaydi degani. Ammo chiqindilar vaqtida olib ketilmasligi uchun asosli jarima mavjudmi? To‘lovlar ustidan nazorat o‘rnatilgach, xizmatlar ustidan ham nazorat bo‘lishi kerak emasmi?

Beshinchidan, “Maxsustrans” DUK Toshkent shahar hokimiyati tarkibida xo‘jalik hisobida o‘tiradigan tashkilot sifatida ozgina bo‘lsa-da, tashabbuskor, tadbirkorlik ruhiga ega bo‘lishi kerak emasmi? Nega deganda, biz muammolarning katta qismi iqtisodiy tomonda ekanini inkor qilmayapmiz. Ammo qachongacha muammolarni davlatning, davlat byudjetining bo‘yniga ilib qo‘yaveramiz? Tadbirkorlik, izlanuvchanlik, pulni pulga uradigan moliyaviy mustaqil tashkilotlar qachon shakllanadi bizda? “Maxsustrans” o‘z hisobidagi yerdan, garaj hududlaridan unumli foydalanish yo‘llarini ko‘rishi vaqti kelmadimikin? Faqatgina yerlarni, garaj hududlarini ijaraga berish unumdorlikni “nol”ga tushiradi.

Oltinchidan, Toshkentda qurilishlar salmog‘i keskin oshib bormoqda. Bunday sharoitda qurilish chiqindilari tarmog‘ida qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda, hududlardagi (Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Andijon, Navoiy, Surxondaryo, Jizzax viloyatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi) 8 ta chiqindi klasterlari faoliyati chuqur o‘rganilib, tahlil qilinishi kerak. Shu asosda chiqindini qayta ishlashning “Toshkent modeli”ni ishlab chiqish ayni muddao bo‘lardi. Jiddiy qadamlar tashlanmasa, “Maxsustrans” faoliyatini tubdan isloh qilish

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img