|

|

2026-уіӏ 15-May, Juma
spot_img

Marhamatda Finlyandiya uslubi joriy etilmoqda

Muhim xabarlar

Andijon viloyatining Marhamat tumanida ta’limning Finlyandiya uslubini joriy etishga kirishildi. Buning uchun 29 milliard so‘mdan iborat loyiha asosida yangi ta’lim muassasasi barpo etilmoqda.
– Ushbu ta’lim maskani 550 o‘rinli bo‘lib, u maktabgacha ta’lim tashkilotidan oliy ta’limgacha bo‘lgan bosqichni o‘zida qamrab oladi, – dedi tuman hokimi o‘rinbosari Dilxushbek Ismoilov. – Fan sinf xonalarining mavjudligi o‘quvchilarning chuqurlashtirilgan ta’lim olishiga imkon beradi. Qolaversa, zamonaviy kasblardan biri bo‘lmish marketing yo‘nalishida ham mashg‘ulotlar olib boriladi. Ushbu ta’lim muassasasida o‘zlashtira olmaydigan o‘quvchi bo‘lmaydi. Boisi, sinfdoshlaridan ortda qolayotgan o‘g‘il-qizlar bilan yakka tartibda shug‘ullaniladi. Sport, madaniyat va ta’lim yo‘nalishida yuqori natijalarni qayd etgan o‘quvchilarga 10 foizdan 100 foizgacha grantlar va hattoki keshbeklar berib boriladi.
“Yosh diplomatlar” MChJ tomonidan tashkil etilayotgan ushbu loyihaning qurilish ishlarini “Mustafo savdo qurilish” MChJ jamoasi olib bormoqda. Muassasa faoliyati yo‘lga qo‘yilgach, o‘quvchilar hatto yozgi ta’til davrida ham ta’limdan uzilib qolmaydi. Buning uchun “Ta’lim o‘yini” yozgi oromgohi tashkil etiladi va unda o‘quvchilarga interaktiv usulda ta’lim beriladi.
Bir so‘z bilan aytganda, Marhamatda ta’lim sohasiga yangicha yo‘nalish orqali farzandlarimizning barkamol voyaga yetishlari uchun qulay muhit yaratilmoqda.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img