Namangan viloyatida eng namunali hududga aylangan mahallalar soni yana bittaga ko‘paydi. “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” mezonlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar taqdimotida ishtirok etgan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov barcha yig‘ilganlarni tabriklab, xonadon egalari bilan suhbatda bo‘ldi.
Xususan, mazkur dasturni joriy etish bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Zarbdor mahallasida jami 2 mlrd 807,6 mln so‘m mablag‘ evaziga keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Shundan, 1 mlrd so‘mi respublika byudjetidan, 1 mld 538,5 mln so‘mi esa mahalliy byudjetdan hamda 269,1 mln so‘mi elektr ta’minoti korxonasi mablag‘lari hisobidandir. – 674,3 mln so‘mga zamonaviy MFY binosi qurib, foydalanishga topshirildi, – dedi tuman hokimining qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akmaljon To‘raev. – Mahalla hududining kirish qismida 60 million so‘mga 2 ta
ramziy darvoza (stella) barpo etildi. Ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan 514 ta xonadonga 6,5 kilometr tarmoq tortishga 312 million so‘m sarflandi. Shuningdek, quvvati 250 kVA bo‘lgan 1 ta yangi transformator o‘rnatilib, 1,4 kilometr elektr tarmog‘i tortildi. 99 dona yangi temir‑beton tayanchlar o‘rnatildi va 4 ta mavjud transformator mukammal ta’mirlandi. Ko‘chalarga 130 ta tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Bu ishlarga 412 mln so‘m xarjlandi. Bundan tashqari, 4 kilometr ichki yo‘llar shag‘allashtirildi, 0,3 kilometri asfal’tlandi (258,5 mln so‘m). Yil boshida esa Adolat va Do‘stlik ko‘chalarining 1,3 kilometr qismi asfal’tlandi. Ta’kidlash joizki, 3,7 kilometr lotok, ariq-zovurlar tozalandi. Ta’kidlash joizki, 3,7 kilomet275 ta xonadonga 204 tonna arzonlashtirilgan ko‘mir yetkazib berildi.r lotok, ariq-zovurlar tozalandi. 35 ta xonadon ta’mirlanib, 625 tasining tashqi devorlari oqlandi hamda 20 tasi elektr tarmog‘iga ulandi.
Mahallaning sobiq binosi “UN ART BY DESIGN” xususiy korxonasiga foydalanish uchun berilishi natijasida 20 nafar ishsiz ayol doimiy ish bilan ta’minlandi. 250 nafar ishsiz fuqaro doimiy va mavsumiy ishga joylashtirildi va 103 nafari o‘zini o‘zi band qildi. Hokim yordamchisining tavsiyasiga asosan 26 nafar ishsiz xotin-qizga
tadbirkorlik faoliyatlarini boshlash uchun subsidiya asosida tikuv mashinalari va qandolatchilik dastgohlari topshirildi.


