|

|

2026-уіӏ 18-May, Dushanba
spot_img

Yurtimiz me’morlarni birlashtirgan tashkilot

Muhim xabarlar

Mamlakatimizning turli hududlaridagi osmono‘par, salobatli, ko‘rkam dizaynli binolarni ko‘rib insonning bahri dili ochiladi. Ammo bunday binolarni bunyod etish ham oson ish emas. Bino va inshootlarning qay darajada qulay hamda mukammal darajada qad rostlashida quruvchilar bilan birga arxitektorlarning ham o‘rni benihoya kattadir. Bu borada O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmasi – yurtimiz me’morlarini hamjihatlikka chorlab, ular uchun o‘zaro tajriba almashish maydonini yaratib beruvchi tashkilot sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmasi 1934 yilda SSSR Arxitektorlar uyushmasi tarkibida tashkil etilgan. 1991 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasining mustaqil nodavlat notijorat jamoat tashkiloti hisoblanadi. Mazkur uyushmaning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
milliy me’morchilikni rivojlantirishga faol yordam berish;
arxitektura, tarixiy-madaniy meros va tabiiy muhitni asrab-avaylashga ko‘maklashish, me’moriy yodgorliklarni asrab-avaylash va ulardan foydalanish;
professional hamjamiyatni birlashtirish, Me’morlar uyushmasi a’zolari manfaatlarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilishni ta’minlash;
arxitektor kasbini ommalashtirish, nufuzini oshirish, arxitektura va shaharsozlik sohasidagi ijodiy yutuqlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish;
arxitekturaga va shaharsozlikka oid qonunlar, me’yoriy hujjatlar davlat organlarining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqishda takliflar kiritish va ishtirok etish;
arxitektura faoliyati qoidalari, normalari va me’yorlariga rioya etilishini takomillashtirish, rag‘batlantirish va nazorat qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
yosh arxitektorlarni uzluksiz kasbiy rivojlanishi uchun malakasini oshirishda qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
respublika va xalqaro arxitektura ko‘rik tanlovlar, festivallar, ko‘rgazmalar, konferensiyalar, seminarlar va mahoratli ustalar saboqlari o‘tkazishni tashkil etish;
Me’morlar uyushmasi nomidan davlat mukofotlari, mukofotlarga va faxriy unvonlarga nomzodlarni ko‘rsatish. O‘zbekiston Me’morlar uyushmasi har yili arxitektura, dizayn va shaharsozlik sohasidagi eng yaxshi qurilish, loyihalar, ilmiy ishlar, eng yaxshi talabalar loyihasi bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkazib keladi. Ushbu tanlovlarning natijalari bo‘yicha mukofotlarni topshirish oktyabr’ oyining birinchi dushanbasida – Butunjahon arxitektura kunida bo‘lib o‘tadi. Joriy yilda ham ushbu tanlov o‘tkazilib, munosib nomzodlar g‘olib deb topildi.
Shuningdek, joriy yilning 11-15 oktyabr’ kunlari Toshkent shahrida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmasi va Xalqaro Arxitektorlar uyushmalari assosiasiyasi hamkorligida Arxitektura festivali bo‘lib o‘tganidan xabaringiz bor. Unda 40 dan ortiq yuqori malakali xorijlik me’morlar, jumladan, xorijiy davlatlar arxitektorlar uyushmalari raislari ishtirok etishdi. Mazkur festival’ qurilish sohasini rivojlantirish bo‘yicha innovasion tadqiqotlar, arxitektura, dizayn, shaharsozlik yo‘nalishlarini takomillashtirish, bino va inshootlarni loyihalashda zamonaviy qurilish materiallari hamda konstruksiyalarni tatbiq qilish borasida atroflicha fikr va tajriba almashish maydoni bo‘lib xizmat qildi. Qolaversa, mahalliy va xorijiy mutaxassislarning energiyatejamkor binolarni loyihalash, qurish, geodeziya, kartografiya va kadastr sohalarini rivojlantirish, me’morchilik an’analarini keng qo‘llagan holda bino va inshootlarni barpo etish borasidagi taklif va tavsiyalari, shu bilan birgalikda, yangi zamonaviy, innovasion texnologiyalar asosidagi ishlanmalari namoyish etildi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img