|

|

2026-уіӏ 11-May, Dushanba
spot_img

Ota kasbini ulug‘lagan o‘g‘lon

Muhim xabarlar

Hamza Shukurov
Hamza Shukurov
2018 yildan buyon “O‘zbekiston bunyodkori” gazetasining Samarqand viloyati bo‘yicha muxbiri safatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Bulung‘ur tumanidagi “Me’mor” xususiy korxonasi 1995 yildan faoliyat yuritib keladi. O‘sha paytda quruvchilik sohasida anchagina tajribaga ega bo‘lgan, Samarqand viloyatidagi qator uy-joylar, ijtimoiy soha ob’ektlarini qad rostlashida jonbozlik ko‘rsatgan Mamarajab To‘rayev ana shu korxonani tashkil etgan edi.

Ta’sischi atrofiga tajribali loyi­hachilar, mutaxassislarni yig‘ib, aholiga yakka tartibdagi uy-joylar chizmalarini tayyorlash, savdo, madaniy-maishiy inshootlarni tiklash, ularning me’moriy qiyofasiga e’tibor qaratish, bun­yodkorlarga maslahatlar berish bilan shug‘ullandi. Keyinchalik talabdan kelib chiqib boshqa yirik binolar, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish ishlarini olib borish kabi vazifalar ham ahil jamoa zimmasiga yuklatila bosh­landi.

– Hamma narsaning o‘z vaqti bo‘lar ekan, – dedi Mamarajab akaning o‘g‘li, ayni paytda shu korxona rahbari Ulug‘bek To‘rayev. – 2015 yilda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini tamomlab, shaharda ishlamoqchi bo‘lib yurgandim. Otamning tavsiyasiga binoan u kishining ishlarini davom ettira ­boshladim.

Yosh, mehnatga chanqoq Ulug‘bek otasining tavsiyasiga amal qilib, kam bo‘lmayapti. Bugun uning nomi tumanda emas, Samarqand viloyatida ko‘zga ko‘ringan quruvchilar safida tilga olinmoqda. Chunki tadbirkor va ishbilarmon yigit hamkasblari imkoniyati, kuchiga tayanib korxonani yanada kengaytirish, malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, texnika parkini yangilash va zamonaviy, mexanizmlar bilan jamlash kabi harakatlarga qo‘l urdi. 130 nafar ishchi-xizmatchining sharoiti, dam olishi, maoshi bilan qiziqdi. G’amxo‘rlik, og‘izbirlik bor joyda muvaffaqqiyatlarga ham keng yo‘l ochilar ekan. Yonida Akbar To‘rayev, Abdunabi Sulaymonov, Jahongir Rahmonov singari yaqin yelkadosh, hamfikr kishilar bo‘lgani uchun yuki yerda qolmayapti. Binobarin, bugungi kun yoshlari har jab­hada faol va ilg‘or, doimo olg‘a intilib yashaydi. Davlatimiz rahbari tomonidan ochib berilgan imkoniyat eshiklaridan unumli foydalanib ishonch qozonish ular shioriga aylangan.

Aynan ishonch qozonish, rahbarlar nazariga tushish tufayli “Me’mor” zimmasiga yildan yilga katta vazifalar yuklatilmoqda. Korxona bunyodkorlari o‘tgan yilda investitsiya dasturi bo‘yicha Bulung‘ur tumanidagi uchta maktabni mukammal ta’mirlash, G’o‘bdin massivida 20 xonadonli ikkita besh qavatli uy-joyni tiklashga safarbar etildi.

Joriy mavsumda esa ular Navbahor mahallasidagi 51-umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish va sport zali qurish, Cho‘yantepa mahallasidagi 14-maktabni mukammal ta’mirlash va 150 o‘rinli yangi bino barpo etishga bosh-qosh. Yetarli malaka va ko‘nikma to‘plagan, ishchi kuchiga ega jamoa uchun bu yumushlar qiyinchilik tug‘dirmayotir. Muhimi, zarur texnika vositalariga ehtiyoj sezilmayotgani, asosiy binokorlik materiallarini o‘zlari ishlab chiqarayotgani juda asqatmoqda.

– Viloyatda qurilishi rejalashtirayotgan ijtimoiy-madaniy inshootlar, maktab, maktabgacha ta’lim muassasalariga quruvchini tanlamaymiz, – dedi viloyat hokimligining “Yagona buyurtmachi” injiniring kompaniyasi bosh muhandisi Sur’at Qurbonov. – Ularga tenderda g‘olib chiqqan pudratchilar egalik qilishadi. Ba’zida ob’ekt yangi tashkilot chekiga tushganda “ular qanaqa mutaxassislar ekan”, deb o‘ylab qolaman. Lekin Ulug‘bekka o‘xshagan quruvchilardan ko‘nglimiz to‘q. Chunki uning imkoniyati ma’lum. Qolaversa, maktab bunyod etish, uni ta’mirlashning loyihada ko‘rsatilmagan o‘ziga yarasha nozikliklari borki, uni hamma ham ilg‘ayvermaydi. Shu boisdan ba’zi ishlarni sohani chuqur biladigan, taj­ribali kishilarga topshirgan ma’qul. Ulug‘bek yosh, lekin malakali mutaxassis, har bir ishning belgilangan me’yor va talablar asosida bajarilishini nazorat qila olishini yoqtiraman.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img