|

|

2026-уіӏ 11-May, Dushanba
spot_img

Qurilishlarda toblanayotgan quruvchilar

Muhim xabarlar

Abdusami Haqberdiyev
Abdusami Haqberdiyev
Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. 1984 yildan respublika miqyosidagi matbuot nashrlarida turli lavozimlarda ishlagan. “O‘zbekiston bunyodkori” gazetasida 2020 yilning sentabr oyidan e’tiboran bosh muharrir o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Islohotlar tashabbuskori Shavkat Mirziyoyev Prezidentlik lavozimiga o‘tirgan kundan e’tiboran, “Xalqimiz hech kimdan kam bo‘lmasdan farovon turmush kechirishi kerak!”degan shiorni bosh maqsadga aylantirib, bu ishlarni amalda tatbiq qilish uchun barchamizni bir tan va bir jon bo‘lib maqsad sari intilishga chaqirdi.

Har qanday maqsadga erishish uchun avvalo, ishtiyoq, tashabbus va harakatchanlikka tayanilsa, barchasi yuzaga chiqishini yurtimiz hududlarida ke­yingi besh yil oralig‘ida qurilayotgan ko‘p qavatli turar joylar, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari, maktab hamda bolalar bog‘chalari, ma’muriy binolar, zavod-­fabrikalar, qo‘yingki, jamiyatdagi barcha sohalarda bo‘layotgan yangilanishlar misolida yaqqol ko‘ryapmiz. Ularni birov chetdan kelib yaratib bermayapti, xalqimiz, tadbirkorlarimiz va mehnatda toblangan quruvchilarimizning sa’y-harakatlari hisobiga bunyod etilmoqda.

Darhaqiqat, ta’kidlanganidek, bu ishlarda ayniqsa, tadbirkorlarga zarur sharoitlar yaratilib, ularning haq-­huquqlari qonunlar bilan himoyalangani uchun sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarda ishbilarmonlar qanday ishlarga qodirligini amalda isbotlashmoqda. Oradan o‘tgan besh yil unchalik katta sana emas, shunga qaramasdan Xorazm viloyatidagi tadbirkorlar ham bunyodkorlik ishlarini yuzaga chiqarish bo‘yicha boshqa joylardagi hamkasblaridan kam emasliklarini amalda isbotlashyapti.

Obodonlashtirish va bunyodkorliklar qilishda o‘z salohiyatini sinab, katta yutuqlarga erishayotgan tadbirkor quruvchilar orasida “Sayat qurilish” mas’uliya­ti cheklangan jamiyati ham bor. Korxona tashkil etilgandan buyon inshootlarni barpo etish va ta’mirlash bilan cheklanib qolmasdan, beton hamda temir-beton, turli rusumdagi temir eshiklar, darvozalar, panjaralar, shuningdek, Akfa mahsulotlari va mebel jihozlari ishlab chiqarishni ham keng yo‘lga qo‘ygan. Bu esa Xorazm hamda Qoraqalpog‘iston Respub­likasidagi quruvchilarning mehnatini yengillatish barobarida, arzonligi va sifatliligi bilan asqatmoqda.

To‘g‘risi, faoliyatining dastlabki kezlari korxonani oyoqqa turg‘izib olish oson kechgani yo‘q. Ishchi kuchi yetarli bo‘lgani bilan mablag‘ masalasida anchagina muammo bor edi. Ana shu sinov paytida korxona rahbari Ulug‘bek Boltayev ayrimlarga o‘xshab ortga chekinmadi. Izlagan imkon topishini amalda isbotlab, Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi xiyoboni hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, shu bilan birga, Malayziyaning Binori universititi filiali binosini rekonstruksiya qilish, Gurlan tumanida esa yoshlar kompleksini qurishga kirishdi. Atrofida to‘plagan tajribali quruvchilar pand berishmadi, zimmalariga yuklatilgan vazifani muddatidan oldin uddalashgani korxonani iqtisodiy tanglikdan olib chiqib, viloyatga tanitdi.

Har qanday ishning bajarilishi avvalida sifat masalasi asosiy o‘rin tutadi. U kutilganiday chiqsa, shunga loyiq samaradorlikka ham erishilishi jamoa ishchi-xodimlarining shioriga aylangani uchun buyurtmalarning oqimi kun sayin ko‘payaverdi. Masalan, Urganch shahri, Sayat ko‘chasida qad rostlagan 16 qavatli monolit turar joy binosi, “Mash’al” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 7 qavatli ko‘p kvartirali uy, Xiva shahridagi Quyi darvozadan Ichan qal’aga kirish qismining Polvon darvozagacha bo‘lgan xiyobon va ochiq maydon hududini yangidan qurish ob’ektlarida amalga oshirilgan ishlar, Jaloliddin Manguberdi majmuasidagi mehnatning buyurtmachilar nazariga tushgani tufaylidir.

Ayni paytda korxonada mehnat qilayotgan 250 nafarga yaqin ishchi-xodimlarning shashti baland, ular turdosh tashkilotlardan ortda qolmaslikka harakat qilib, Urganch shahridagi, al-Xorazmiy ko‘chasida 9 qavatli, Jaloliddin Manguberdi ko‘chasida bitta 7 qavatli, shuningdek, “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasida ikkita 16 qavatli uy-joylarni qurish yuzasidan buyurtma olishgan. Shu kunlarda mazkur inshootlarda poydevor ishlari boshlab yuborilgan.

Korxona ahlining boshqalardan ajralib turadigan jihati shundaki, sarf-xarajatlardan tashqari, ishlab topilgan sof foydaning bir qismi ishchi-xizmatchilarni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirilsa, asosiy qismi faoliyatni kengaytirib, zamonaviy texnika va texnologiyalarni olib kelish hisobiga yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilyapti. Joriy yil boshidan buyon 40 nafar kishi uchun doimiy va 25 nafar kishiga esa mavsumiy ish o‘rinlari yaratildi. Yil oxirigacha, mavsumda ishlayotganlar ham doimiy ishga jalb qilinadi. Bu borada zarur sa’y-harakatlar amalga oshirilyapti.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img