|

|

2026-уіӏ 5-Aprel, Yakshanba
spot_img

Yo‘llar sifatini oshirish bo‘yicha ilmiy ishlar qilinmoqda

Muhim xabarlar

Avtomobil yo‘llarini qidiruv va loyihalash kafedrasi mudiri.
Dilshod ARALOV,
tayanch doktorant.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli qarorining 5-ilovasida 2023-2026 yillarda avtomobil’ yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash dasturi ishlab chiqilgan. Dasturga asosan, shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalaridagi tuproq yo‘llarni shag‘allashtirish hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:


Hududlar
Tuproq yo‘llarni shag‘allashtirish, km
1.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
2836,5
2.
Andijon viloyati
1124,5
3.
Buxoro viloyati
1894,8
4.
Jizzax viloyati
755,5
5.
Navoiy viloyati
1413,6
6.
Namangan viloyati
1957,3
7.
Samarqand viloyati
3140,4
8.
Sirdaryo viloyati
249,9
9.
Surxondaryo viloyati
2589,2
10.
Toshkent viloyati
153,0
11.
Фарғона вилояти
3113,4
12.
Surxondaryo viloyati
1936,3
13.
Qashqadaryo viloyati
4140,5
14.
Toshkent shahri

Jami;
25304,9
Transport vazirligining elektron saytida keltirilgan 2021 yildagi ma’lumotga asosan, respublikada jami 209 496 kilometr avtomobil’ yo‘llari mavjud bo‘lib, shundan umumiy foydalanishdagi avtomobil’ yo‘llari 42 869 kilometr, ichki xo‘jalik yo‘llari 141 882 kilometr va idoraviy yo‘llar 24 745 kilometrni tashkil etadi. Demak, 141 882 kilometr ichki xo‘jalik yo‘llarini tashkil etsa, 2023-2026 yillarda qariyb 25 305 kilometr tuproq yo‘lni shag‘allashtirish kerak bo‘ladi. Bu esa hozirgi mavjud holatda umumiy ichki xo‘jalik yo‘lining 17,83 foizini tuproqli yo‘llar tashkil etadi deganidir.
Shuningdek, 2023 yilning 12 sentyabr’ kuni Prezident huzurida yo‘l xo‘jaligi sohasini isloh qilish bo‘yicha dolzarb masalalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ko‘tarilgan asosiy masalalardan biri – hududlarda o‘tkazilgan so‘rovlarda aholi ichki yo‘llarning holati va sifatini dolzarb muammolardan biri sifatida ko‘rsatgan. Ushbu dolzarb muammolarni bartaraf etishda Toshkent davlat transport universiteti Avtomobil’ yo‘llari muhandisligi fakul’teti professor-o‘qituvchlari, ilmiy izlanuvchilar, doktorant va magistrantlar tomonidan bir qancha ilmiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, universitetimiz va Rossiya Federatsiyasining “STRIM” kompaniyasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik doirasida kompaniyaning “Akropol GSM” modifikatorini O‘zbekiston avtomobil’ yo‘llarida qo‘llanish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda, kompaniya tomonidan har biri 12,5 kg bo‘lgan 6 chelak “Akropol GSM” modifikatori tajribalarda foydalanish uchun yuborilgan.
2023 yilning 23 sentyabr’ kuni “Dang‘ara tumani yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasi bosh muhandisi va ish yurituvchilari tomonidan hududda joylashgan “Qiyali” MFY Qaqir qishlog‘i ichki xo‘jalik yo‘lining uzunligi 50 metr, eni 4 metr, qalinligi 0,2 metr bo‘lgan yo‘l poyiga tajriba uchastkasi sifatida “Akropol GSM” modifikatori yordamida stabilizasiya ishlarini amalga oshirdik.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img