|

|

2026-уіӏ 27-Aprel, Dushanba
spot_img

Ijodkorlikda shijoatli Yulduz

Muhim xabarlar

Abdusami Haqberdiyev
Abdusami Haqberdiyev
Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. 1984 yildan respublika miqyosidagi matbuot nashrlarida turli lavozimlarda ishlagan. “O‘zbekiston bunyodkori” gazetasida 2020 yilning sentabr oyidan e’tiboran bosh muharrir o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Istiqlol yillari jamiyatimizdagi barcha sohalar bo‘yicha eng ko‘p tajribalarni avval o‘z hududida sinovdan o‘tkazib, yaxshi natijalar berganini boshqa viloyatlarga ommalashtirgan jizzaxliklarning mehnati har qanday e’tirofga loyiq.

Bugun viloyatda istiqomat qilayotgan barcha fuqarolar nafaqat agrosanoat majmuilari, balki sanoat va ishlab chiqarish hamda bunyodkorlik ishlarida ham qanday salohiyatga ega ekanliklarini amalda isbotlab, boshqalarga ibrat ko‘rsatishmoqda. Buni viloyatning istalgan tuman va shaharlarida bo‘lgan kishi yaqqol ko‘rishi mumkin. Yaqin yaqinlargacha tashlandiq va qarovsiz holga kelib qolgan qishloqlarning obodonlashtirilgani, minglab zamonaviy namunali uylar qad rostlagani, tuman markazlarida esa o‘nlab ko‘p qavatli uy-joylar bunyod qilinayotgani, o‘nqir-cho‘nqir ko‘chalar yangicha qiyofaga kirgani kabilar yurtimizda o‘tkazilayotgan islohotlardan ilhomlangan tadbirkor va ishbilarmonlar kuchi orqali kundan-kunga bo‘ylamoqda. Bunga birgina “Manas”da amalga oshirilgan ishlarni misol qilish mumkin.

Jadallikda boshlangan shu singari ulkan ishlar o‘z muddatida bajarilib, ulardan fuqarolarimiz manfaatdor bo‘lishlari uchun ko‘plar qatorida loyiha tashkilotlarining ham alohida hissalari bor. Ana shundaylardan biri, Jizzax shahrida bundan olti yil avval tashkil etilgan “Atlant architects group” mas’uliyati cheklangan jamiyatidir. Jamoa a’zolarining 60 dan ortiq turdosh korxonalarga nisbatan yutug‘i shundaki, tashkilotdagi 30 nafarga yaqin ishchi-xodimlarning aksariyati oliy ma’lumotli, shu sohani mukammal o‘zlashtirgan tajribali mutaxassislardan iborat.

Shundan bo‘lsa kerak, buyurtmachilarning bu joydan qadami uzilmaydi. Tashkilot xodimlariga yetarli sharoitlar yaratib berilgani bois shu kungacha birorta buyurtmachi norozi bo‘lib ketgan emas. Aksincha, har bir buyurtma muddatidan avval tayyorlab berilyapti. Jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy tez yordam Jizzax viloyati filialini to‘liq rekonstruksiya qilish, viloyat endokrinologiya dispanseri, Zomin tumanidagi sil kasalliklariga qarshi kurashish dispanseri, shu tumandagi tibbiyot markazi rekonstruksiyasi, Jizzax shahridagi viloyat endokrinologiya dispanserining rekonstruksiyasi hamda 100 o‘ringa mo‘ljallangan poliklinika binosi qurilishi singarilarning loyihalari shu tashkilot xodimlarining qo‘llarida sayqal topgan.

Sifatli va kamxarj bajariladigan har qanday ishga talabgor ham ko‘p bo‘lar ekan. Jamoa mehnatlarini ko‘rganlar boshqa sohalardagi qurilish hamda rekonstruksiya ishlari uchun ham buyurtma bera boshlashdi. Chunonchi, izchil islohotlarning dastlabki besh yilligi davrida Paxtakor tumanining Oltinko‘l mahallasi va Olmazor hududlarida bunyod etilgan 540, 420 o‘rinli maktab­lar qurilishi, Mirzacho‘l tumanidagi 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti, shu hududdagi Andijon suv tarmoqlari qurilishi uchun topos’yomka, geologiya va loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash (suv inshooti, quduq hamda burg‘ulash nasos stansiya­lari, suv tarmoqlari qurilishi) singarilar shular jumlasidan.

Loyiha ijodkorlarining fidoyi mehnatlari Jizzaxdan tashqari boshqa viloyatlarda ham o‘z o‘rnini topgan. Masalan, Toshkent viloyatining Bekobod shahri va tumanida, Quyi Chirchiq tumanidagi “Do‘stlik” MFY hududida oqova hamda ichimlik suv tarmoqlari, Toshkent shahrining Sergeli tumanida bunyod etilgan iqtisodiy sanoat parkida tashqi kommunikatsiya tizimlari qurilishi, Olmazor tumanidagi Ahil mahallasida oqova suv tarmog‘ini to‘la yangilash kabi 180 dan ortiq ro‘yxatni yana ko‘p davom ettirish mumkin.

Bu kabi ishlar ortida kasbga sadoqat va sohani mukammal o‘zlashtirganlik turadi. Ularni tashkil qilishda lo­yiha tashkiloti rahbari Yulduzxon Suvonovaning mehnatlarini alohida ta’kidlash lozim. Shifokorlar oilasida tavallud topgan taj­ribali mutaxassis Jizzax politexnika institutining Shahar va qurilish fakultetini tugatganiga ham o‘n besh yil bo‘libdi. Ana shundan buyon sohada mehnat qilib, ustozlaridan katta taj­riba to‘pladi. Ayni paytda izlanib, tashabbuslardan charchamay, bilganlarini yoshlarga o‘rgatayotgani yutuqlarga bosh omil bo‘lyapti.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img