2023-yil 10-fevral kuni Urganch shahri, Sheroziy ko‘chasi, 12-uyda bo‘lib o‘tadigan ochiq auksion savdoga “Urganch buyum savdo” MChJning 2023-yil 5-yanvardagi 09/01-sonli xatiga asosan Urganch shahri, Yangi shovot yo‘li ko‘chasi, 22-uyda saqlanayotgan, ta’mirtalab holatdagi quyidagi avtotransport vositasi qo‘yilmoqda:
2014-yilda ishlab chiqarilgan davlat raqam belgisi 90 063 SAA bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi, boshlang‘ich bahosi – 35 789 000 (o‘ttiz besh million yetti yuz sakson to‘qqiz ming) so‘m.
Ushbu avtotransport vositasi 2023 yil 10 fevraldagi ochiq auksion savdoda sotilmay qolgan taqdirda, takroriy auksion savdolari 2023 yil 31 mart kunigacha rasmiy ish kunlari bo‘lib o‘tishini oldindan ma’lum qilamiz.
Auksion savdoda qatnashish istagida bo‘lgan talabgorlar quyidagi hujjatlarni topshirishlari lozim:
– yuridik shaxslar – davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi, shuningdek, to‘liq vakolatli vakilning qatnashishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan, uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi ilova qilingan ishonchnoma;
– jismoniy shaxslar – pasportning nusxasi, to‘liq vakolatli vakil qatnashgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan, to‘liq vakolatli vakilning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi ilova qilingan ishonchnoma.
Ushbu savdoda qatnashish istagida bo‘lgan xaridorlar 2 (ikki) foiz garov puli to‘lagan holda zakalat shartnomasini tuzib, ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Ixtiyoriy qo‘shimcha xizmatlar (axborot va maslahat xizmati) ko‘rsatish uchun to‘lov olinadi.
Arizalarni qabul qilish savdo boshlanishidan bir kun oldin soat 16.00 da to‘xtatiladi.
Zakalat puli quyidagi hisob raqamiga to‘lanadi: 2020 8000 0049 5964 3001 ATIB “Ipoteka-bank” Tinchlik filiali MFO 00580 STIR 302 221 689.
Savdo g‘olibiga savdo kunidan boshlab 5 (besh) kun muddat ichida oldi-sotdi shartnomasini imzolash yuklatiladi.
Telefon: 91-421-00-88.
Rasmiy veb-sayt: www.koss.uz
4621 raqamli guvohnoma.

