|

|

2026-уіӏ 25-Aprel, Shanba
spot_img

Chilonzor buyum savdo kompleksidagi savdo shoxobchalar ochiq tanlov savdoda

Muhim xabarlar

Reklama
Reklama
“O‘zbekiston bunyodkori” gazetasi Reklama bo‘limi

“Ko‘chmas mulk xizmatlarini ko‘rsatish jamiyati” MChJ tomonidan tashkil etiladigan ochiq tanlov savdolariga “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJning 2023 yil 4 yanvardagi 2-sonli buyurtmanomasiga asosan qurilishi rejalashtirilayotgan savdo shoxobchalarining ijaraga olish huquqi qo‘yilmoqda:

  1. “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJ hududida joylashgan, savdo shoxobchalarining soni – 8 dona, savdo shoxobchalarining har biri maydoni – 36 kvadrat metrdan iborat, savdo shoxobchaci har birining boshlang‘ich bahosi – 581 760 000 so‘m.
  2. “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJ hududida joylashgan, savdo shoxobchalarining soni – 2 dona, savdo shoxobchalarining har biri maydoni – 33 kvadrat metrdan iborat, savdo shoxobchaci har birining boshlang‘ich bahosi – 533 280 000 so‘m.
  3. “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJ hududida joylashgan, savdo shoxobchalarining soni – 27 dona, savdo shoxobchalarining har biri maydoni – 16,5 kvadrat metrdan iborat, savdo shoxobchaci har birining boshlang‘ich bahosi – 266 640 000 so‘m.
  4. “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJ hududida joylashgan, savdo shoxobchasining soni – 1 dona, savdo shoxobchasining maydoni – 18 kvadrat metrdan iborat, savdo shoxobchacining boshlang‘ich bahosi – 290 880 000 so‘m.
  5. “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJ hududida joylashgan, savdo shoxobchasining soni – 1 dona, savdo shoxobchasining maydoni – 20 kvadrat metrdan iborat, savdo shoxobchacining boshlang‘ich bahosi – 317 140 000 so‘m.

Savdoda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlardan arizalar ushbu xabarnoma chop etilgan sanadan boshlab rasmiy ish kunlari soat 10.00 dan 16.00 gacha qabul qilinadi (13.00 dan 14.00 gacha tushlik). Takliflarni qabul qilish oxirgi muddati: 2023 yil 20 yanvar soat 16.00 gacha.

Talabgorlarning takliflari 2023 yil 24 yanvar kuni soat 11.00 dan boshlab ko‘rib chiqiladi. Eng yuqori taklifni bergan talabgor bilan sotuvchi o‘rtasida kelishuv bitimi tuziladi.

Tanlov savdo shu kuni bo‘lib o‘tmagan taqdirda, takroriy savdolar 2023 yil 6, 15 yanvar, 24, fevral, 7, 16, 27 mart, 5, 14, 24 aprel, 3, 12, 22, 31 may, 12, 21, 30 iyun, 10, 19, 28 iyul, 7, 16, 28 avgust kunlari sotilgunga qadar soat 11.00 dan boshlab o‘tkaziladi.

Savdoda qatnashish uchun talab­gorlar yopiq konvertda solingan takliflari va ariza bilan birgalikda quyidagi hujjatlar taqdim etishadi:

  • yuridik shaxslar – davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
  • jismoniy shaxslar – STIR va pas­portning nusxasi.

Talabgorlar ijaraga olish huquqining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi summani zakalat sifatida “Ko‘chmas mulk xizmatlarini ko‘rsatish jamiyati” MChJning quyidagi hisob raqamiga savdoda ishtirok etish uchun ariza topshirgunga qadar to‘lashlari shart: 2020 8000 5053 3172 3021 XATB “DAVR BANK” Olmazor filiali MFO 01121 STIR 308 112 732.

Taklifi ma’qul topilgan talabgorga savdo o‘tkazilgan kundan boshlab 20 bank kun ichida sotuvchi bilan ijara shartnomasi tuzish majburiyati yuklatiladi.

Savdo tashkilotchisi joylashgan, savdolar o‘tkaziladigan va savdoda ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinadigan manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bodomzor yo‘li ko‘chasi, 33-uy.

Telefon: 97-340-22-69.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img