Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 2023-yil 27-oktabrdagi 18-son yigʻilish qaroriga muvofiq neft-gaz tarmogʻi korxonalariga sotiladigan tabiiy gazning narx va tariflari belgilandi.
Unga koʻra “UzGasTrade” AJ tomonidan sotiladigan tabiiy gazning 1 ming kub metr uchun tarifi qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda quyidagicha miqdorlarni tashkil qiladi:
• “Hududgaztaʼminot” AJ uchun 540 000 soʻm;
• ”Oʻztransgaz” AJ (oʻz ehtiyojlari) uchun 980 000 soʻm;

