Ma’lumki, kommunal soha – aholining bevosita birlamchi ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab tizim hisoblanadi. Shu bois, undagi har bir jihatga alohida e’tibor qaratish lozim. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘raeva ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotganishlar, shu bilan birga muammolar, yechimini kutayotgan masalalarni o‘rganish maqsadida Qashqadaryo viloyatida bo‘ldi
Dastlab mutaxassislar Qarshi shahridagi Sho‘rtangaz mahallasida bo‘lib, ko‘p qavatli uylar holati bilan yaqindan tanishdilar. 48 ta ko‘p qavatli uyga bugungi kunda “Shokir hududiy tex servis” BSK tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Mutaxassislar mazkur uylarning yerto‘lasida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari bilan ham tanishib, jumladan, uyning ichki muhandislik tarmoqlari, yotiq va tik
quvurlarni yangisiga almashtirish jarayoni va issiqlik izolyasiyasini ko‘zdan kechirishdi. Shuningdek, mutasaddilar mazkur uylarni issiqlik bilan ta’minlash uchun kompaniya hamda homiy tashkilotlar hamkorligida yangi qozonxona barpo eti-
layotgani va har bir uyga Individual issiqlik punkti (IIP) o‘rnatish jarayoni bilan ham tanishdilar. Boshqaruv kompaniyasi uylarning tashqi qiyofasi hamda
kirish yo‘laklariga ham alohida ahamiyat bermoqda. Bunda kirish yo‘laklariga energotejamkor, harakat datchikli chiroqlar o‘rnatilib, eshiklar zamonaviylariga almashtirilmoqda. Shuningdek, mazkur hududda boshqaruv tashkiloti uchun
yangi va zamonaviy bino qurilib, aholidan kelib tushayotgan murojaatlar vazirlik maxsus shtabi bilan integratsiya qilinishi ham ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, Qarshi shahrining yangi massivlaridan biri bo‘lgan 11 ta ko‘p qavatli uy joylashgan Oydin kommunal mahallasidagi uy-joylar ham o‘rganildi. Mazkur hududda tashkil etilgan “Qarshi oydin kommunal” boshqaruv servis kompaniyasining yangi ma’muriy binosi, unda aholi uchun yaratilgan sharoitlar, 24 soat faoliyat yurituvchi dispetcherlik xizmati, qo‘shimcha servis xizmatlar turlari ko‘zdan kechirildi.


