Qarshi shahrida o‘tkazilgan yarmarka neft’ va gazsanoati, elektr energetikasi, kimyo, charm-poyabzal,to‘qimachilik, elektrotexnika va farmasevtika sanoati kabi tarmoqlarni qamrab oldi. Unda “O‘zbekneftgaz”, “O‘zkimyosanoat”, “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik birlashmalari bilan bir qatorda “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga a’zo xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, ularning real va potensial hamkorlari,
hududiy sanoat korxonalari ishtirok etishdi. Unda mezbon viloyatdan tashqari respublikaning turlihududlarida faoliyat yuritayotgan 100 dan ortiqkorxona va kompaniyalar o‘zlarining 1000 ga yaqinturdagi mahsulotlari bilan qatnashdilar.
Yarmarkada mahsulotlar ko‘rgazmasi, shuningdek, korxonalar va istiqbolli loyihalar taqdimotlari uyushtirilib, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha texnik jihatdan hamkorlik qilish to‘g‘risida memorandumlar imzolandi. Sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Shuningdek, tadbir davomida, charm-poyabzal sanoatining eng faol vakillari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etib, nafaqat mahalliy fuqarolar va sanoatchilar, balki yurtimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniyalar vakillarini
ham diqqat-e’tiborini tortdi. Bundan tashqari, yarmarkada hududiy korxonalar ham o‘z loyihalari taqdimotlarini o‘tkazib, iste’molchilarga yangi mahsulotlarni namoyish etishdi. Misol uchun, Koson tumanidagi “Bunyodkor” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘z stendida yangi yog‘ zavodida ishlab chiqarilayotgan o‘simlik yog‘ini va eksportga jo‘natilayotgan to‘qima matolarini ham ko‘rgazmaga qo‘ydi. Mahalliy korxonalardan yana biri, Qarshi shahridagi “Standart-Pribor” ilmiy-ishlab chiqarish mas’uliyati cheklangan jamiyati esa neft’ va gaz sanoati sub’ektlari uchun mo‘ljallangan masofali signalizasiya qurilmasi, termoregulyator, kuchlanish invertori kabi mahsulotlarni namoyish qilgan bo‘lsa, Qarshi shahridagi “Qavali” kichik sanoat zonasidagi “ALPTOM” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqarilgan sendvich panellari va profnastil kabi qurilish materiallari ham ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.


