|

|

2026-уіӏ 25-Aprel, Shanba
spot_img

Forishda infratuzilma yanada rivojlanmoqda

Muhim xabarlar

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholiga qulay turmush sharoitini yaratishga qaratilgan ishlar olis Forishda ham izchil olib borilyapti. Ayni kunlarda qator ijtimoiy soha ob’ektlarida ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Yangi o‘quv yili oldidan ta’lim maksanlarida rekonstruksiya ishlari belgilangan davlat dasturlari asosida davom etmoqda. Xususan, Forish tumani markazidagi 280 o‘rinli 1-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti kapital ta’mirlanyapti. Asosiy ikki binoni bog‘lovchi inshoat yangilanib, bino ichlarida suvoq ishlari yakunlandi. Shu kunlarda binolarning tashqi fasadlarini pardozlash ishlari davom etmoqda. Shuningdek, dastur asosida 43 hamda 19 umumta’lim maktablarida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Darvoqe, bu yil 6-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga loyiha asosida isitish tizimi o‘rnatildi. Bundan tashqari, ehtijyodan kelib chiqib Oq tepa mahallasidagi 30-umumta’lim maktabiga ham qo‘shimcha 180 o‘rinli yangi bino qurib berildi.
Ta’kidlash kerak, joriy yilda Forishdagi mahalliy ahamiyatdagi yo‘llar sifati ham yaxshilandi. 14 mlrd so‘mlik mablag‘ hisobiga Narvon mahallasida 17 kilometr yo‘l ta’mirlanib, Darboza mahallasiga elituvchi yo‘lning 10 km asfal’t qismi rekonstruksiya qilindi. Shuningdek, Uchma qishlog‘idagi 4 kilometr yo‘l ham ta’mirdan chiqdi. Shu kunlarda yo‘lsozlar tog‘ orti ya’ni, Garasha va Qorobdol qishloqlarida ham ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda. Bundan tashqari, tuman tibbiyot birlashmasida ham ta’mirlash ishlari ketmoqda. 3 qavatli davolash bo‘limi qayta rekonstruksiya qilinmoqda. Hozirga qadar ayrim mahallalarda ichimlik suvi masalasi ham muammo edi. Bu yil jami 15 mlrd 424 mln so‘m mablag‘ hisobiga Amir Temur, Egizbuloq, Oqtom, Osmonsoy va Oqtepa mahallalarida jami 61 km suv tarmoqlari tortilib, 11 ta suv inshoati o‘rnatish ishlari olib borildi. Aytish kerakki, infratuzilma ob’ektlarining yaxshilanishi nafaqat mahalliy aholi uchun qulay sharoitlarni yaratadi, balki shu bilan birga Nurota tog‘lari, Aydar ko‘l bo‘ylariga sayohatga keluvchi sayyohlar sonining oshishiga ham xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img