Vazirlikda jismoniy va yuridik shaxslarning kommunal sohaga oid murojaatlariga bag‘ishlangan qabul bo‘lib o‘tdi. Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘raeva boshchiligidagi mas’ullar aholining 10 dan ziyod murojaatini qabul qildi. O‘zbekiston va Turkiya vakillari inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishda raqamli dasturlar faoliyatini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. Agentlik, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarning mas’ul vakillari ishtirok etgan ushbu stajirovka inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishga joriy qilingan raqamli dasturlar faoliyati bilan yaqindan tanishishga yo‘naltirgan. O‘quv seminarlari doirasida ishtirokchilar Turkiya Respublikasi Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, Savdo, G‘azna va moliya, Shaharsozlik va iqlim o‘zgarishi vazirliklarida bo‘lishdi. Uchrashuvlarda inson resurslarini boshqarishga joriy qilingan zamonaviy usullar va raqamli yechimlar, ishga kirgan yangi xodimlarni davlat xizmatiga moslashtirish masalalarida o‘zaro tajriba almashildi. 

