|

|

2026-уіӏ 25-Aprel, Shanba
spot_img

Aholiga xizmat ko‘rsatuvchi binolar ko‘paymoqda

Muhim xabarlar

Hilola Ismatova
Hilola Ismatova
Navoiy viloyati Qurilish bosh boshqarmasi matbuot kotibi hamda “O‘zbekiston bunyodkori” Navoiy viloyati muxbiri vazifasida ishlab kelyapti.

Zarafshon shahrida 85 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Aholining davlat xizmatlari olishga bo‘lgan ehtiyoji ham shunga yarasha yuqori. Mustaqillikning 31 yilligi bayrami arafasida qurib foydalanishga topshirilgan shahar adliya bo‘limi binosi fuqarolar uchun chinakam to‘hfa bo‘ldi.

Ikki qavatli inshoot har tomonlama qulay va zamonaviy ko‘rinishga ega. Uning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar mazkur binoning qurilgani, islohotlarning amaldagi samarasi sifatida aholi manfaati yo‘lida xizmat qilishi, yaratilgan sharoitlar xususida ta’kidlab o‘tishdi. Oynadek yarqirab turgan zinalardan ko‘tarilib xonalarni ko‘zdan kechirgan mehmonlar yuqori taassurotga ega bo‘lishdi.

Uning birinchi qavatidan Davlat xizmatlari markazi joy olgan va u Navoiy viloyatida yangi ishga tushirilgan o‘ninchi markaz hisoblanadi. Unda resepshen, kutish zali, 10 ta qabul oynasi, elektron navbat, to‘lovlar uchun kassa, tibbiyot xonasi, bolalar maydonchasi, mutolaa burchagi, xalq amaliy san’ati ko‘rgazmasi joy olgan. Shahar adliya bo‘limining ma’muriy binosida FHDYo bo‘limi ham joylashgan, yangi oila qurgan fuqarolarni nikohdan o‘tkazish uchun keng zamonaviy jihozlangan. Bundan tashqari, binoda notarius, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi ham joylashgan. 2-qavatda majlislar zali, mo‘‘jazgina muzey, texnik xizmat ko‘rsatish kabi xonalar mavjud.

Raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, joriy yilning shu davriga qadar davlat xizmatlari markazi orqali aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga 21 mingga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatilgan, 200 dan ortiq yuridik shaxs va 400ga yaqin yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Endilikda ushbu jarayonlar yanada qulay sharoitlarda olib boriladi. Muhimi, yangi O‘zbekistonimizning yangi inshootlari yana bittaga ko‘paydi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img