|

|

2026-уіӏ 25-Aprel, Shanba
spot_img

Eng faollarga tahririyat mukofotlari topshirildi

Muhim xabarlar

Har bir gazeta tahririyati uchun obuna mavsumi eng muhim jarayon hisoblanadi. Chunki obunaning kam yoki ko‘pligi o‘sha gazetaning kelgusi faoliyatini, taqdirini belgilab beruvchi asosiy omildir.

Shu bois, “O‘zbekiston bunyodkori” gazetasi tahririyati jamoasi ham
2025 yilgi obuna mavsumidagi targ‘ibot tadbirlarida gazeta ixlosmandlarini yanada faollikka chorlash maqsadida bir qancha mukofotlar ta’sis etgandi. Xususan, obuna jarayonidafaol qatnashib, hududda gazeta obuna rejasini bajargan Qurilish va uyjoy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar noutbuklar
bilan mukofotlanishi va’da qilingan edi.
Mavsum yakunida uchta tashkilot Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi, Samarqand viloyati hamda Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari ushbu
mukofotni qo‘lga kiritishdi. Mukofotlarni topshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirlarda gazeta bosh muharriri Dilshod Jalolov jamoalarni ushbu yutuq bilan
tabriklab, obuna jarayonida faol qatnashgani uchun minnatdorchilik bildirdi.Шу боис, “O‘zbekiston bunyodkori” газетаси таҳририяти жамоаси ҳам
2025 йилги обуна мавсумидаги тарғибот тадбирларида газета ихлосмандларини янада фаолликка чорлаш мақсадида бир қанча мукофотлар таъсис этганди. Хусусан, обуна жараёнидафаол қатнашиб, ҳудудда газета обуна режасини бажарган Қурилиш ва уйжой коммунал хўжалиги вазирлиги тизимидаги ташкилотлар ноутбуклар
билан мукофотланиши ваъда қилинган эди.
Мавсум якунида учта ташкилот Сирдарё вилояти Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги соҳасида ҳудудий назорат қилиш инспекцияси, Самарқанд вилояти ҳамда Наманган вилояти Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги бош бошқармалари ушбу
мукофотни қўлга киритишди. Мукофотларни топшириш мақсадида ташкил этилган тадбирларда газета бош муҳаррири Дилшод Жалолов жамоаларни ушбу ютуқ билан
табриклаб, обуна жараёнида фаол қатнашгани учун миннатдорчилик билдирди.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img