|

|

2026-уіӏ 28-Aprel, Seshanba
spot_img

Eng yaxshi ishchi kasb egasi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Muhim xabarlar

O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uyjoy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamkorligida tarmoq tizimidagi korxonalar, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotgan “Eng yaxshi ishchi kasb egasi” tanlovining “G‘isht terishumumqurilish ishlari ustasi” hamda “Qurilish-pardozlash ishlari ustasi” nominasiyalari bo‘yicha respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Yoshlarni har jihatdan yetuk mutaxassis bo‘lib kamol
topishiga bo‘lgan intilishini qo‘llash, ularning iste’dodini namoyon qilish, tanlagan kasbini aniqlash va rag‘batlantirish, mahorat malakasini oshirish maqsadida tashkil qilingan ushbu tanlovning tuman (shahar) va hududiy bosqichlarida qurilish tashkilotlari, kasb-hunar kollejlari, xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida faoliyat
ko‘rsatayotgan ustozlar tomonidan tavsiya etilgan 18-25 yoshdagi 200 nafardan ortiq yoshlar qatnashdilar. Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida bo‘lib o‘tgan tanlovda ishtirokchilarning mahorati ikki bosqichda – nazariy (test) va amaliy (kasbiy-amaliy topshiriqlar) sinovdan o‘tkazildi. Bu jarayonda har bir qatnashchining faoliyati davomida nazariy bilimlarni qay darajada o‘zlashtirgani ishchi guruhi tomonidan kuzatib, baholab borildi. – Kollejimizda ta’lim olish va kasb sirlarini o‘rganishimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan, – dedi ishtirokchilardan biri, Xorazm arxitektura va qurilish texnikumining ikkinchi bosqich talabasi Ulug‘bek To‘xtaboev. – Tanlagan sohamni yaxshi ko‘raman, o‘qishni
bitirgach, ish joyim ham tayin. Chunki texnikumimiz o‘zim yashaydigan Bog‘ot tumanidagi qurilish korxonasi bilan hozirdan shartnoma tuzib qo‘ygan. Kelgusida zamonaviy
uylar qurilishiga o‘z hissamni qo‘shish niyatidaman. Tanlov yakunida “G‘isht terishumumqurilish ishlari ustasi” nominasiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni navoiylik Dostonbek Komilov hamda “Qurilish-pardozlash ishlari ustasi” yo‘nalishida jizzaxlik Akromjon Nazarov egallab, qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritishdi. Qolgan 22 nafar ishtirokchining barchasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img