|

|

2026-уіӏ 29-Aprel, Chorshanba
spot_img

MUTAXASSISLAR IShTIROKIDA O‘RGANISh IShLARI OLIB BORILDI

Muhim xabarlar

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi “Iftixor” MFY hududida bunyod etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida qad rostlagan 11 va 12-sonliuylarda yuzaga kelgan holatni o‘rganish va yechim topish maqsadida ishchi guruhi tashkil etildi.

Respublika Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Kozim To‘laganov boshchiligidagi ishchi guruh Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi va uning huzuridagi loyiha institutlari, “Qishloqqurilishloyiha”, shuningdek, “OʻzGASHKLITI” loyiha-qidiruv tashkilotlari mas’ullari, Toshkent viloyati va Chirchiq shahri hokimligi mutasaddilari, sektor rahbarlari, qurilish-pudrat tashkiloti vakillaridan iborat. Chirchiq shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivida pudratchi “Yangi zamon bino” MChJ tomonidan qurib foydalanishga topshirilgan hajmiy temir-beton panel’ konstruksiyali turar joy
binolarining bugungi kundagi texnik holati ishchi guruh tomonidan o‘rganilganda bir qator kamchiliklar aniqlandi. Geologik izlanishlar xulosasiga ko‘ra, ushbu binoda “Cho‘kuvchan va o‘ta cho‘kuvchan gruntli hududlarda quriladigan bino va inshootlar to‘g‘risida”gi shaharsozlik norma va qoidalarining 9-bandi talablariga muvofiq qurilish ishlari bajarilgan. Biroq 2022 yil bahor-kuz mavsumidagi yog‘ingarchiliklar tufayli ko‘p miqdordagi yomg‘ir suvlari irrigasiya tizimlarisiz muntazam ravishda bino poydevoriga sizib kirgan va bino atrofiga yig‘ilib qolgan.
Natijada bino ostining asos qismi suvga to‘yinib, uning vertikal seysmik choklari loyihaviy holatidan ko‘chgan. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur holatni bartaraf etish bo‘yicha “Qishloqqurilishloyiha” instituti tomonidan 2023 yil 14 fevralda “Yangi
zamon bino” MChJ bosh direktoriga bino ostiga suv ketishini oldini
olish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berilgan va geodeziya hamda muhandislik izlanishlari olib borilgan. Uylar poydevori asosining cho‘kishi va uning namlanishini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar loyihasi ishlab chiqilgan va bajarish uchun topshirilgan bo‘lsada, pudratchi tomonidan hech qanday chora ko‘rilmagan. Mazkur uylar dinamikasining salbiy tomonga o‘zgargani sababli quruvchi tashkilot yuzaga kelgan masalalarni bartaraf qilish bo‘yicha loyiha yechimlari va chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishni so‘rab “Qishloqqurilishloyiha” MChJga murojaat qilgan. Institut tomonidan tegishli loyihaviy yechimlar ishlab chiqilgan.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img