|

|

2026-уіӏ 11-May, Dushanba
spot_img

Navoiydagi eng yirik korxonalardan biri – “MINOR MILLENIUM”

Muhim xabarlar

Islom Ibodulla
Islom Ibodulla
"2015-2020 yillarda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Kino, televideniye va radio san’ati fakultetida tahsil olgan. 2020 yilda Turkiya respublikasining Bandırma Ön yedi eylül üniversitesi tarkibidagi kasb-hunar ta’limiga ixtisoslashgan o‘quv kursi tinglovchisi. 2021 yildan e’tiboran “O‘zbekiston bunyodkori” gazetasi muxbiri."

Navoiy viloyatining tabiiy joylashuvi respublikamizning boshqa viloyatlaridan anchayin farq qiladi. Ushbu hududning geografik joylashuvi cheksiz qum barxanlari-yu, bo‘z vodiylardan iborat. Yerosti boyliklari nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyo miqyosida e’tirof etilgan ruda konlari uchun zamin hozirlagan. Shunday sharoitda Navoiyda ilg‘or urbanizatsiya muhiti tobora kengayib, viloyatning qurilish-arxitektura ko‘rinishi mutaassir etib kelmoqda. Bunday qizg‘in qurilish jarayonlarida “MINOR MILLENIUM” mas’uliyati cheklangan jamiyatining ham o‘z o‘rni bor.

Yo‘lingiz tushib, Navoiy shahriga uchrasangiz ko‘plab qurib bitkazilgan yangidan-yangi binolarga ko‘zingiz tushadi. Bundan kelib chiqadiki, haqiqatda so‘ng­gi yillarda qurilish, qolaversa, urbanizatsiyaning rivojlanishi uchun alohida e’tibor berilmoqda. Shaharlar kenga­yib, ko‘p qavatli turar joy binolariyu ijtimoiy ob’ektlar qad ko‘tarmoqda. Buni, albatta, Navoiy shahriga kelgan kishi yaqqol sezishi mumkin.

Yo‘lda ketarkanmiz, qarshimizda yangi bitkazilgan shifoxonaning binosi ko‘rindi.

– Bu shifoxonani ham bizning “MINOR MILLENIUM” korxonasi qurib bitkazgan, – deb miyig‘ida kuldi korxona vakili.

Shifoxonaga nazar tashlasangiz, haqiqatda so‘nggi yillardagi qurilish an’analarining rivojlanganiga amin bo‘lasiz.

Ha, “MINOR MILLENIUM” mas’uliyati cheklangan jamiyatini Navoiyda hamma quruvchi yaxshi biladi. Ko‘p yillik tajriba, amaliyot va to‘p-to‘p qurib topshirilgan ob’ektlar – hammasi bu korxonaning naqadar salohiyatli ekanini ko‘rsatib turadi. Keling, endi bu korxona haqida batafsilroq so‘z yuritsak.

2002 yilda Nodirbek Xoliqov tomonidan tashkil etilgan korxona o‘tgan qisqa vaqt ichida ko‘plab mualliflik qurilishlarini olib bordi. Navoiy viloyatining zamonaviy me’morchilik ko‘rinishlarini tiklashda yetakchilardan biri bo‘ldi. Hozirgi kunda korxonaning keng qamrovli faoliyatida 300 nafardan oshiq doimiy ishchilar xizmat qilmoqda. Mavsumiy ishlar bilan ba’zan korxonaning ishlab chiqarish va qurilish tarmoqlarida 1 000 nafardan oshiq ishchi-xizmatchilar parallel ish olib borishadi.

– Faoliyatimiz asosan qurilish materiallari ishlab chiqarish, turar joylar, davlat muassasalarining binolarini qurishdan iborat, – dedi korxona rahbari Nodirbek Xoliqov. – O‘tgan davr mobaynida bir qancha ishlarni amalga oshirdik. Xususan, Prezidentimizning “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni doirasida Karmana tumanidagi “Talqoq” MFY hududida 10 ta 5 qavatli 20 xonadonli 2 va 3 xonali turar joy binolari tashqi muhandislik tarmoqlarini qurish hamda obodonlashtirish ishlarini bajarish, ana shu mahalla hududida qo‘shimcha 4 va 5 qavatli 20 xonadonli 2, 3 xonali turar joy binolari, 2022 yil “Guliston-3” massivida 110 o‘rinli tibbiyot bo‘limi qurilishi, 2022 yilda Navoiy shahrida Milliy gvardiya xodimlari uchun 5 qavatli 30 xonadonli turar joy binosi qurilishi tugatildi. Aytish kerakki, viloyatimizda olib borilyotgan qurilish jarayonlarida faol ishtirok etib kelmoqdamiz. Bunday xayrli ishlar orqali elimizning farovonligi, yurtimizning ravnaqiga hissa qo‘shayotganimizdan mamnunmiz. Albatta, kelajakda Navoiy viloyatida bu ko‘rinishdagi qurilish-rekonstruksiya jarayonlarida faol ishtirok etishni maqsad qilganmiz.

“MINOR MILLENIUM” korxonasi haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, korxona asosan yirik ijtimoiy ob’ektlarda chiniqqanini anglaymiz. Jamiyat o‘tgan davr oralig‘ida ana shunday yirik qurilishlarni amalga oshirib, viloyatning qurilish salohiyatini barchaga ko‘z-ko‘z etdi. Jumladan, o‘tgan 2021 yilda Navoiy shahar perinatal markazi binosi to‘liq qurib bitkazilib, xalqimiz foydalanishi uchun ochib berildi. Shuningdek, davlat muassasalarining buyurtmalari asosida xizmat turar joy binolari tiklandi.

Korxona jamoasi hozirgi kunda Navoiy viloyati tibbiyot birlashmasi binolarini qurib bitkazib, foydalanishga topshirish arafasida. Mazkur tibbiyot birlashmasining umumiy qurilish qiymati 21 milliard so‘mni tashkil etdi.

So‘nggi yillarda milliy sanoat qatori qurilish sohasida ham mahalliylashtirishga alohida urg‘u berilmoqda. Bu borada “MINOR MILLENIUM” mas’uliya­ti cheklangan jamiyati ko‘plab ijobiy harakatlarni amalga oshirdi. Bugun korxonaga tegishli ishlab chiqarish tarmog‘ida qurilish uchun zarur qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Keng qamrovli ishlab chiqarish sex va zavodlari amalda korxonaning qurilish ishlari balansini ushlashda qo‘l kelmoqda.

O‘tgan davrda korxona Navoiy shahridagi “Guliston” massivida 40 o‘rinli tug‘ruq bo‘limining qurilishini tugalladi. Shuningdek, shahardagi “Yoshlik” MFY hududida DXX xodimlari uchun 5 qavatli 30 xonadonli turar joy binolaridagi qurilish ishlarini bajardi.

Aytish kerakki, korxona Navoiy shahri hududidagi magistral avtomobil yo‘liga tutashuvchi Yoshlik ko‘chasida ta’mirlash ishlarini olib bordi. Korxonaning moddiy texnik bazasida 2 dona avtokran, 5 dona ekskavator, 11 ta yuk tashish avtotransportlari, 10 tonnali minorali kran va 8 dona boshqa turdagi texnikalar mavjud.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img