|

|

2026-уіӏ 23-May, Shanba
spot_img

Mukammallik loyihadan boshlanadi

Muhim xabarlar

Abdusami Haqberdiyev
Abdusami Haqberdiyev
Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. 1984 yildan respublika miqyosidagi matbuot nashrlarida turli lavozimlarda ishlagan. “O‘zbekiston bunyodkori” gazetasida 2020 yilning sentabr oyidan e’tiboran bosh muharrir o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Istiqlol epkinlari bois bugungi kunda yurtimizning barcha hududlarida qad rostlayotgan zamonaviy, ko‘rkam binolar, ulardagi qulayliklar mujassamligi loyihachilarning mahoratlari mevasi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmas.

Sir emaski, bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha sohalarni tubdan yangilash, ayniqsa, uy-joyga muhtojlar talabini qondirish orqali xalqimiz farovonligini ta’minlash hamda ishlab chiqarishni keng shakllantirish masalasi davlatimizning bosh maqsadiga aylangan. Bu vazifalarni yanada jadallashtirish uchun Davlat das­turlari ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilmoqda. Xususan, iqtisodiyotning qon tomirlaridan hisoblanmish qurilish sohasida erishilayotgan yutuqlar ham buning yaqqol misoli bo‘la oladi.

Qurilishda loyiha tashkilotlarining tutgan o‘rni beqiyos. Boisi har qanday yangi ob’ektning har taraflama mukammal qurilishida, eng avvalo, uning loyihasi puxta bo‘lmog‘i zarur. Bu esa, loyihachilar zimmasiga katta mas’uliyat yuklashi barobarida, ularning tinimsiz izlanishlari, sohaga oid barcha yangiliklardan boxabar bo‘lib borishlarini talab etadi.

Demoqchimizki, har qanday binoning tashqi ko‘rinishiga qanchalik bezak berilmasin, eng avvalo, uning loyihasi kishilar e’tiborini tortadi. Buni hozirgi paytda respublikamizda bunyod etilayotgan, bir-biriga o‘xshamagan muhtasham inshootlar misolida ko‘rish mumkin.

Namangan viloyatida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik loyihalari, viloyatning turli hududlarida qad rostlayotgan zamonaviy imoratlarni ham bu borada ibrat va namuna sifatida ta’kidlash mumkin. Xususan, viloyatda “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish ishlarida, eng avvalo, har bir ob’ektning mukammal loyihasini ishlab chiqishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu ishlarda Vladimir Sadovnikov rahbarligidagi “Proekt servis” MChJ loyiha tashkiloti ham katta hissa qo‘shmoqda.

Ushbu korxona 2011 yilda mas’uliya­ti cheklangan jamiyatga aylantirilgach, uning ishlab chiqarishga yondoshuvi ham davr talabiga moslashib bordi. Yosh, sohada tajribasi bor ishchi-xodimlar jamlanib, ular qayta tayyorgarlikdan o‘tkazildi. Bu singari sa’y-harakatlar natijasida zamon talabiga mos loyihalar shakllana bordi. Davlat tomonidan yaratilgan sharoitdan foydalanib, o‘z loyiha tashkilotini tuzayotgan tadbirkorlar ko‘p bo‘lgani bilan birinchi galda ularning ijodiy mehnati chizgilarda ko‘rinsa, asosiy bahoni esa buyurtmachi qo‘yadi. Bu borada rostini aytish kerak, Namangan viloyatida bugungi kunda 70 dan ziyod loyiha tashkilotlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, ular orasida “Proekt servis” MChJ jamoasieng ilg‘orlardan hisoblanadi. Bunday darajaga erishish zamirida tinimsiz izlanish va sohada yangiliklar yaratib, tashabbuslar ko‘rsatish mujassam.

Buni keyingi besh yilda shahar va qishloqlarda qurilgan yuzlab maktab hamda bolalar bog‘chalari, sport zallari, poliklinikalar, yer osti o‘tish yo‘llari, oshxona va restoranlar, mehmonxonalar-u issiqxonalar, ko‘p tarmoqli shifoxonalar, mikrorayonlar loyihalari misolida ko‘rish mumkin. E’tiborli jihati, korxona jamoasi yaratayotgan bir-birini takrorlamaydigan loyihalar qo‘shni viloyatlarda ham o‘z buyurtmachilariga ega. O‘tgan besh yilda Andijon va Farg‘ona shaharlarida tashkilotning loyihalari bo‘yicha bir nechta ko‘p qavatli turar joylar, ma’muriy binolar hamda bolalar sport maydonchalari qurib bitkazildi.

Bundan tashqari, ana shu loyiha tashkilotida sayqal topayotgan chizmalar boshqa davlatlarga ham kirib borayotgani jamoa ahli bajarayotgan ishlarga berilgan haqiqiy bahodir. Jumladan, tashkilot loyihachilari Rossiya Federatsiyasidagi qo‘shma korxona bilan hamkorlikda Yevropa taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilgan loyiha bo‘yicha viloyatdagi ko‘p qavatli uylarning ichki tarmoqlari va kanalizatsiyalarini yangilashdagi ishlarni bajarishdi. Ayni paytda bu boradagi istiqbolli rejalar izchil davom ettirilyapti.

Loyihalar ustida tinimsiz izlanish­lar olib borayotgan 40 nafardan ortiq jamoaning ishlashi uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. Ularning mehnatlari qadrlanib, qilgan ishiga loyiq maosh to‘lanishi qat’iy belgilangan. To‘y va boshqa tadbirlarda korxona tomonidan moddiy yordamlar ajratiladi. Har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgan ishchi-xizmatchilar ham shunga munosib ravishda doimo izlanishlar qilib, yangiliklar yaratishmoqda.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img