Prezidentimizning 408-sonli qarori va yana bir qator davlat dasturlari ijrosini ta’minlash, hududlarda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, xususan, aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali tomonidan amaliy ishlar davom etmoqda.
Xususan, Xovos tumanining “Oq changal” MFYga 85 dona temir-beton ustun olib kelinib, 10 km masofada elektr uzatish tarmoqlari va 2 dona 160 kVA quvvatdagi yangi transformator o‘rnatish bo‘yicha amaliy ishlar bajarilmoqda. Ushbu ishlar yakuniga yetgach, xonadonlar sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.
Bundan tashqari, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filialining Yuqori kuchlanishli tarmoqlar xizmati xodimlari tomonidan ham bir qator ishlar amalga oshirilyapti. Ular har qanday sharoitda aholiga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish yo‘lida mehnat qilishmoqda. Jumladan, xodimlar M-39 avtomobil’ yo‘li kesishmasida joylashgan L-110 kV kc-3 A yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarining estetik xolatini yaxshilash maqsadida bo‘yash va joriy ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda.


