O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida qirg‘izistonlik mutaxassislar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tashrifdan maqsad – vazirlikning “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi, xususan, undagi platformalarning faoliyatini o‘rganish, tizimning afzalliklari hamda muhandislik tarmoqlarini raqamlashtirish jarayonlarini muhokama qilishdan iborat. Muloqot davomida “Shaffof qurilish” MAT davlat tizimlarining raqamlashishi asosida shakllantirilgani, bugungi kunda loyiha va pudrat tashkilotlari tomonidan mazkur tizimga katta qiziqish bildirilayotgani
takidlandi. Shu bilan birga, inson omilisiz elektron reyting va tender
platformalarining nuqsonsiz ishlashi, tizimni takomillashtirish, pudrat va loyiha yo‘nalishidagi tadbirkorlik subektlarining talab va takliflarini eshitish maqsadida hududlarga chiqilganligi takidlandi. Qirg‘iziston delegasiyasi vakillari tomonidan elektron tizimning yuqori saviyada ishlanganligi, ushbu tizimdan pudrat va loyiha bozorini rivojlantirishda bozor prinsiplari asosida unumli foydalish uchun imkoniyat katta ekanligi aytib o‘tildi. O‘z o‘rnida mehmonlar Qurilish sohasida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining
ish rejimi, tizimning yaratilishi va undan foydalanish jarayoni bilan tanishdilar.


