|

|

2026-уіӏ 11-May, Dushanba
spot_img

Qurilish sohasida elektron davlat xaridlari qanday amalga oshiriladi?

Muhim xabarlar

Davron Miliyev
Davron Miliyev
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i.

Qurilish sohasida inson omilisiz elektron davlat xaridlarini joriy etilganiga roppa-rosa bir yil bo‘ldi. Ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 yanvardagi “Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 46-son qarori bilan joriy etilgan edi.

2022 yil davomida har xil moliyalashtirish manbalari hisobidan boshlang‘ich qiymati 21,83 trln so‘mlik 12511 ta ob’ekt bo‘yicha inson omilisiz elektron tender o‘tkazildi. Shundan, Davlat dasturlari bo‘yicha boshlang‘ich qiymati 14,3 trln so‘mlik 8467 ta ob’ekt bo‘yicha inson omilisiz savdolar o‘tkazildi. Davlat dasturlari bo‘yicha jami 698,8 mlrd so‘m iqtisod qilingan.

Inson omilisiz elektron tenderlarni joriy etilishi natijasida qurilish sohasidagi davlat xaridlarida ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yildi, qurilish-pudrat tashkilotlari uchun haqqoniy raqobat bozori yaratildi. Shuningdek, tender jarayonlarida inson omili cheklanishi natijasida korrupsiyaga barham berildi.

Eng asosiysi, ushbu sohadagi tadbirkorlik sub’ektlarida o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, halol tender g‘olibi bo‘lishi mumkinligi tushunchasi shakllandi. Shu bilan birga yuqoridagi qarorda: – pudratchilar pudrat shartnomasining kamida 60 foizini o‘z kuchlari bilan bajarishi; – qurilish ishlari o‘z vaqtida bajarilmagan taqdirda, to ushbu ishlar yakunlanmagunicha yangi tenderlarga qo‘yilmasligi; – shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda ushbu pudrat tashkiloti 24 oyga davlat xaridlariga kiritilmasligi qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Qurilish-pudrat tashkilotlarining Davlat xaridlari bo‘yicha pudrat shartnomalari ijrosini o‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim pudrat tashkilotlari ishlarning katta qismini subpudratchilarga berib yubormoqda. Bu holat soliq organlariga pudratchilar tomonidan har oyda topshirilayotgan schyot-fakturalarga muvofiq asoslanmoqda.

Xabaringiz bor, soliq organlariga kiritilayotgan hisob-fakturalarda Davlat xaridi ob’ektining tender loti hisob-faktura topshirayotgan pudratchi tomonidan kiritiladi. Bugungi kunda qurilish sohasida davlat xaridlarini islohoti raqamlashtirishlar asosida amalga oshirilmoqda. Bu degani, har bir qurilish-pudrat tashkilotining Davlat xaridlari bo‘yicha shartnoma shartlarini bajarish tarixi o‘chmas ma’lumotlar bazasiga kiritib boriladi va endilikda ular ushbu ma’lumotlar asosida saralanadi. Bu holatda qurilish-pudrat yo‘nalishidagi tadbirkorlik sub’ektlari o‘z imijlari ustida qattiq ishlashlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Zero, ko‘p yillik imij bu katta yutudir.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img