Andijon viloyatida ikkita maktab binosi yangidan qurilib foydalanishga topshirildi. Bu nafaqat o‘quvchilarning, balki butun qishloq aholisining quvonchiga sabab bo‘ldi.
– Mahallamizdagi maktab binosi yur- timiz mustaqilligidan bir necha yillar avval barpo etilgani bois, ancha eskirib qolgandi, – dedi Marhamat tumanidagi Uvaysiy mahallasida yashovchi Oyjamol Aysarova. – O‘g‘il-qizlarimiz endi za- monaviy maktabda tahsil oladigan bo‘l- dilar. Bu yerdagi mavjud sharoitlarni ko‘rib, o‘zim ham maktabda o‘qigim kelyapti. 300 o‘rinli 30-umumiy o‘rta ta’lim mak- tabining yangi binosi uchun davlat byud- jetidan 4 mlrd 300 mln so‘m mablag‘ sarflandi.
Shuningdek, Paxtaobod tumanidagi Guzar mahallasida qurib bitkazilgan maktabning foydalanishga topshirili- shi haqiqiy bayram tadbiriga aylanib ketdi. Sababi, 10-umumta’lim maktabi 450 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosining qurib, foydalanishga topshirilishi va mavjud binoning qayta ta’mirlanishi natijasida 624 o‘ringa ega bo‘ldi.
– Mavjud maktab binosi bundan 50- 60 yil muqaddam barpo etilgan edi, – dedi ushbu mahallada yashovchi mehnat faxriysi Abdulvosit aka Abdullaev. – U paytlar o‘quvchilar soni oz edi. Shu bois muammo bo‘lmagan. Bugungi kunga kelib aholi sonining ortishi yangi o‘quv bino- siga bo‘lgan talabni yuzaga keltirdi.
O‘quvchilarning zamonaviy sharoitda puxta ta’lim olishlariga xizmat qiluv- chi ushbu binolar o‘zining tashqi ko‘rini- shi bilan mahallaga ham ko‘rk bag‘ishla- moqda.


