|

|

2026-уіӏ 25-Aprel, Shanba
spot_img

Koreyalik mutaxassislar Buxoroda issiqlik tizimini o‘rganishmoqda.

Muhim xabarlar

Jahongir Fozilov
Jahongir Fozilov
“O‘zbekiston bunyodkori” gazetasining Jizzax viloyati muxbiri.

Kuni kecha Respublika Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining mas’ullari bilan uchrashgan Janubiy Koreya Respublikasi markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti korporatsiyasi – KDHS vakillari Buxoroga kelishdi. Xorijlik ishbilarmonlar ko‘hna Buxoroning ko‘p xonadonli uylari va ijtimoiy soha ob’ektlarida isitish tizimi loyihalari bilan yaqindan tanishmoqdalar.

Viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasida bu borada viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar, xalqaro ilg‘or tajribani o‘zlashtirgan holda ko‘p qavatli uylar hamda ijtimoiy tarmoq inshootlarini kuz-qish mavsumida isitishga doir olib borilayotgan innovatsion yondashuv xususida atroflicha ma’lumot berildi.

Chet ellik mutaxassislar Buxoro “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasining “RK-1” va “RK-2” qozonxonalarida bo‘lib, mavjud texnologiya va ish yuritish tarmog‘ini o‘rgandilar. Ma’lumot uchun, bugungi davrda Janubiy Koreya Respublikasi dunyo energetika bozorida muhim o‘rin egallagan mamlakatlardan biriga aylangan va u O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti korxonalarini modernizatsiya qilish hamda malakaviy potensialini oshirish uchun grantlar jalb qilishda amaliy yordam ko‘rsatmoqda. Bu borada koreyaliklar bilan ikki tomonlama o‘zaro manfaatli shartnoma imzolansa, viloyatda ham issiqlik energiyasi iste’molchilariga yanada qulay shart-sharoit yaratilishi mumkin.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, joriy yil yanvar’ oyida kuzatilgan anomal sovuq yurtimizda energetika sohasidagi nuqson va kamchiliklarni yaqqol namoyon etdi. Ayniqsa, shahar sharoitida, ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan aholiga issiqlik energiyasi yetkazib berishda kuzatilgan uzilishlar, kelib chiqqan tashvish-muammolar mavsum oldi tayyorgarlik ishlarining puxta ko‘rilmaganini ham ko‘rsatdi. Bu hol albatta, tegishli tashkilot va ta’minot idoralari uchun saboq bo‘lishi, kelgusida bu kabi xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishni taqozo etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 apreldagi qaroriga muvofiq Jahon banki ishtirokida Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent (TS-8) shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad qozonxonalarda asosiy vositalarni modernizatsiya qilish va yangilash, zamonaviy tejamkor va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, xom ashyo va moliyaviy resurslarni samarali va oqilona ishlatish, issiqlik ta’minoti tashkilotining samaradorligini oshirish va iste’molchilarning issiqlik ta’minoti uchun kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishdir.

Mazkur loyihaning birinchi bosqichida jumladan, “Buxoroenergomarkaz” AJ tomonidan issiqlik energiyasi bilan ta’minlanaayotgan 200 dan ortiq ko‘p xonadonli turar joylar va 32 ta ijtimoiy soha inshootida jami 264 ta individual issiqlik punktini o‘rnatish va ishga tushirish ishlariga joriy yil dastlabki choragidan jadal kirishilgan. Loyihaning ikkinchi bosqichida esa 5,5 kilometr uzunlikdagi magistral quvurni zamonaviy penopoleuretan qoplamali quvurga almashtirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, uchinchi bosqichda asosiy qozonxonada modernizatsiya ishlarini amalga oshirish, mavjud moddiy-texnik imkoniyatlarni yaxshilash chora-tadbiri ko‘rilmoqda.

Shuningdek, tarmoqqa uzatilgan va iste’mol qilingan issiqlik energiyasini hisobga olishning samarali tizimi joriy etilmoqda. Ko‘p qavatli uylarda umumiy issiqlik energiyasi hisoblagichlari o‘rnatilishi ham aholi uchun ayni maqsadga muvofiqdir. Loyihani amalga oshirish natijasida yiliga 13 070 ming metr kub tabiiy gaz, 280 ming kVt soat elektr energiyasi, 1,310 ming metr kub ichimlik suvi tejaladi va natijada ishlab chikarilgan mahsulot tannarxi 30 foizgacha kamayib, bu jarayonda issiqlik tarmoqlarining “umri” 30 yilgacha uzaytiriladi. Shuningdek, zamonaviy.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img