|

|

2026-уіӏ 25-Aprel, Shanba
spot_img

Temir-beton mahsulotlari qurilishlar tayanchi

Muhim xabarlar

Islom Ibodulla
Islom Ibodulla
"2015-2020 yillarda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Kino, televideniye va radio san’ati fakultetida tahsil olgan. 2020 yilda Turkiya respublikasining Bandırma Ön yedi eylül üniversitesi tarkibidagi kasb-hunar ta’limiga ixtisoslashgan o‘quv kursi tinglovchisi. 2021 yildan e’tiboran “O‘zbekiston bunyodkori” gazetasi muxbiri."

Yurtimizda tadbirkorligi, tashabbuskorligi bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan kishilar bisyor. Ular mamlakat taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda. “Bunyodkor Sanoat Butlash” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisiga ham ana shunday ta’rif berish mumkin.

– Universitetning kechki ta’limida o‘qish barobarida qurilish-rekonstruksiya ishlarida amaliyot bilan mashg‘ul bo‘lganman, – dedi korxona ta’sischisi O‘ktam Qurbonov. – Bu amaliy harakatlar keyinchalik qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonani tashkil etishimda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugun qurilish sanoati yurtimizning rivoj topib borayotgan sohalaridan bo‘lib, ushbu sohada faoliyat olib borayotgan korxonalar soni tobora ko‘payib, raqobat muhiti kuchayib bormoqda. Bu borada Buxoro viloyatida olib borilayotgan ishlar tahsinga loyiq.

Mamlakatimiz eng ilg‘or qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari qatorida Buxoroning bir qancha korxonalari ham mustahkam o‘rniga ega. “Bunyodkor Sanoat Butlash” mas’uliyati cheklangan jamiyati ana shulardan biri. Mahsulotlarining sifati bilan nom qozongan bu korxonani Buxoroda barcha quruvchilar bilishadi. Chunki korxonaning biror mahsuloti yo‘qki, qurilish jarayonlarida ishlatilmasa!

O‘ktam aka Qurbonov ko‘p yillik qurilish sohasi fidoyisi. U kishi 1984 yilda hozirgi Toshkent texnika universitetining kechki ta’lim yo‘nalishini tamomlab, mutaxassis sifatida Buxoro uy qurilish kombinatida oddiy ishchidan bosh muhandis darajasigacha bo‘lgan uzun kasbiy yo‘lni bosib o‘tdi. Aytish kerakki, bu muddat davomida butun qurilishning amaliy jarayonlari bilan yaqindan tanishgan O‘ktam Qurbonov 2004 yili o‘zining qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisos­lashgan firmasiga asos soldi.

– Quruvchi-muhandis sifatida ko‘plab qurilish ishlarida bosh bo‘ldim, o‘rgandim – dedi korxona rahbari O‘ktam Qurbonov. – Hozirga kelib bu tajribalarni bevosita ish faoliyatimga tatbiq etib kelmoqdaman. Buxoro viloyatining Kogon tumanidagi qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodimizda hozirgi kunda 25 turdagi qurilish-rekonstruksiya ishlari uchun zarur materiallar yaratilmoqda. Korxonamiz tomonidan tayyorlangan temir-beton mahsulotlariga viloyatning ichki iste’mol bozorida juda katta talab mavjud.

Korxonada 30 nafardan oshiq doi­miy ishchilar faoliyat olib borib, ishlab chiqarish jarayonlarida o‘z malakalarini namoyon etmoqdalar. Ta’kidlash kerakki, korxonada ishchilarni ijtimoiy himoya­lash masalasiga katta e’tibor qaratilib, ular moddiy va ma’naviy rag‘batlantirib borilmoqda.

Albatta, sanoatlashgan hayotimizni texnikalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Texnika va texnologiyalar shu qadar hayotimizni chuqur ta’sirlantirdiki, natijada inson omili o‘zining darajasidan bir necha karra baland cho‘qqilarni oshib o‘tdi. Bu holat qurilish sohasida, ayniqsa, ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Jumladan, “Bunyodkor Sanoat Butlash” MChJ faoliyatida ham mazkur temir dastyorlarning o‘rni katta bo‘lmoqda. Yillik ishlab chiqarish quvvati 10 mlrd bo‘lgan mazkur korxonaning moddiy-texnik bazasi joriy raqamlarning yuzaga kelishida asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan plita, bloklar, g‘isht va beton mahsulotlari bevosita tashkilot balansidagi 1 dona ko‘tarma kran, 1 dona qumlarni surish-tashishni amalga oshiruvchi avtoulov, 1 dona samosval, 2 dona mikser yordamida ishlab chiqarilmoqda.

Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Buxoro viloyatidagi ko‘p tarmoqli qurilish jarayonlariga yo‘naltirilmoqda. Jumladan, hududdagi inshoot qurilishlari, yo‘l va shu turdagi boshqa rekonstruksiya jarayonlariga tat­biq etilmoqda. Shuningdek, korxona tomonidan kelajakda yangi ishlab chiqarish bo‘limlarini tashkil etish asosiy vazifa sifatida ko‘rilyapti. 2023 yilda ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan gazoblok ishlab chiqarish va maxsus tosh kesish sexlari shular jumlasidandir. Aytish kerakki, mazkur ishlab chiqarish tarmog‘ining ishga tushirilishi bir qancha yangi ish o‘rinlari yaratilishiga sabab bo‘ladi.

Yaxshidan bog‘ qoladi, degan naql bejiz e’tirof topmagan. Oramizda ko‘p sonli shunday ezgu amalli, ezgu so‘zli jamoalar, insonlar bor. Shubhasiz, ­“Bunyodkor Sanoat Butlash” MChJ shunday ibratli faoliyati bilan Buxoro viloyatida bog‘ yaratayotgan tashkilotlardan biridir. Jamoaning serg‘ayrat vakillari, mirishkor ish yurituvchilari va yuqori amaliy ko‘nikmaga ega yo‘lboshchilari qaramog‘ida korxonaning yo‘li uzoq bo‘laveradi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img