O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 16 avgust kuni “Toshkent-Sharqiy” aeroportining loyihasi bilan tanishdi.
Davlat rahbari o‘tgan oyda uning qurilishini borib ko‘rgan edi.
Berilgan topshiriqlar asosida majmua bosh rejasi samaradorlik jihatidan takomillashtirilgan.
Xususan, aeroport hududi 130 gektarga qisqartiriladi. Xususan, aeroport hududi 130 gektarga qisqartiriladi
Bu aeroportning umumiy maydoni 693 gektar. Hozirda 4 kilometr uzunlikdagi uchish-qo‘nish yúlagi qurib bo‘lingan. Bu yerda 2 ta – yuqori martabali mehmonlar uchun hamda biznes-aviasiya terminali bo‘ladi. 25 ta samolyot uchun turargoh, angarlar, ma’muriyat va xizmat ko‘rsatish binolari barpo etiladi.
Aeroport noqulay ob-havo sharoitlarida ham uchish-qo‘nishni ta’minlovchi ICAO III-A toifasidagi zamonaviy radiotexnika va meteorologiya uskunalari bilan jihozlanadi.






