|

|

2026-уіӏ 25-Aprel, Shanba
spot_img

Vazirlik vakillari “Dunyo qurilish haftaligi – 2024”da

Muhim xabarlar

Vazirlik vakillari “Dunyo qurilish haftaligi – 2024” doirasida Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida bo‘lib, uchrashuv
va muzokaralarda ishtirok etishdi. Xususan, bino-inshootlarning energiya samaradorligi yuzasidan loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish, qurilish normalarini amaliyotda qo‘llash, bino fasadlarida bazal’t qoplamasidan foydalanish texnologiyalari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida o‘zaro fikr almashildi.

Shuningdek, mutaxassislar Ural tog‘-kon metallurgiya kompaniyasi tomonidan qurilayotgan Muz saroyi arenasida qo‘llanilayotgan zamonaviy loyiha yechimlari, metall konstruksiyalardan oqilona foydalanib, binoning zamonaviy arxitektura ko‘rinishini loyihalashtirish ishlari bilan tanishishdi. Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy tadqiqot instituti hamda “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi” rahbariyati ham ishtirok etgan haftalik doirasida o‘tkazilgan hukumatlararo kengashda 2021-2025 yillarda MDH davlatlari tomonidan tasdiqlan- gan strategiyalarga muvofiq amalga oshirilgan ishlar tahlili, 2026-2030 yillarda qurilish sohasida yangi texnologiyalarni joriy qilish, texnik me’yorlash tizimini takomillashtirish hamda qurilishda seysmik xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyasi loyihasi, qurilish sohasida narxlarni shakllantirish masalalari ham muhokama qilindi.

- reklama -spot_img

Mavzuga oid

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here

So‘nggi xabarlar

spot_img